1. Baxor faslining kelishi
Qishning sovuq kunlari ortda qolib, yer yuziga iliqlik kirib keladi. Quyosh nurlari tobora kuchayib, kunlar uzaya boshlaydi. Qorlar erib, daryolar, soylar to‘lib oqadi. Tabiat jonlanib, atrof go‘zal tusga kira boshlaydi.
2. Tabiatdagi o‘zgarishlar
Baxorda daraxtlar kurtak yozib, yashil libosga burkanadi. Erta gullaydigan bodom, o‘rik va olcha daraxtlari atrofni go‘zal manzaraga aylantiradi. Yashil maysalar o‘sib, gullar ochiladi. Qushlar janubdan qaytib kelib, yoqimli sayray boshlaydi. Yomg‘ir yog‘ib, yerga hayot baxsh etadi.
3. Baxorning insonlarga ta’siri
Baxor insonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi. Hammada yangi orzu va rejalar paydo bo‘ladi. Bog‘ va dalalar yashnab, dehqonchilik ishlari boshlanadi. Tabiatdagi o‘zgarishlar insonlarga quvonch olib keladi.
Baxor – yangilanish va yasharish fasli. Bu fasl barchaga zavq bag‘ishlab, yangi umidlar baxsh etadi.