Bahor fasli haqida sherlar

Bahor fasli haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Bahor fasli haqida sherlar. Ushbu bahor haqida she’rlar bolajonlar va katta yoshdagi
o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Bemalol o’rgansalar bo’ladi.

Bugun tunda kelarmish bahor.
Derazangdan mo‘ralab asta,
Gul yuzingdan bo‘lib shikasta,
Uzum qishga siltab qo‘lini,
Ham qalbingdan boshlab yo‘lini,

To‘qqiz oyki, yelarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Qoru muzni suvga g‘arq qilib,
Izg‘irinni butkul tark qilib,
Eshitgandek mening nolamni,
Guldastaga o‘rab olamni –
Tushda bashing silarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istorangdan olganca ziyo –
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Unutilar xazonrez kuzak,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga og‘dirib,
Yo‘mg‘irlarin yerga yog‘dirib,
Suvlarini elarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…
Hissiyotga to‘ldirib dilni,
Kengaytirib kichik ko‘ngilni,
Duolarga ijobat yetib,
Tabiatni chamanzor etib,
Baxtimizdek kularmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor…

 

Tabiat yaratgan Baxor uzingiz,

Oila bogʻida gulzor uzingiz,
Jannatda taralgan ifor uzingiz,
Bugun poyingizda zaminu falak,
BAHORingiz bo’lsin muborak

 

Keldi bahor – Bahor fasli haqida sherlar

Keldi bahor gul bahor
Erib biti opoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
Suvlar oqar shildirab
Yulduz boqar miltirab
Chumolilar Yayrashar
Sho’h bulbular yayrashar.

Xush kelding bahor.
Xush kelding Bahorim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik lolayu bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring…

 

“Azizlarim, Navro‘z muborak”

Bodom gulin to‘kar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Atlas ko‘ylak yarashgan qizlar,
Bir-biriga aytishar tilak.
Axir shu kun kutganmiz bizlar,
Azizlarim, Navro‘z muborak.

Shodligim hech ichimga sig‘may,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Qozonlarda qaynar sumalak.
Ko‘chalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirg‘och ham kelibdi qarang,
Azizlarim, Navro‘z muborak.
Yashayapmiz go‘zal bo‘stonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navro‘z O‘zbekistonda,
Azizlarim, Navro‘z muborak.

Navzo’z muborak.

Qadimiy bayramdir,ko’hna an’ana,
Yurtimda boshlanar to’yu-tantana.
Bir-birin qutlashar do’stlar do’stona,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Qaldirg’och qanotda baraka olib,
Olamni yashatib,yurtni yashnatib,
Yurakni yangilab ,dilga qo’r solib,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Ona yer taftidan g’uncha gul ochar,
Gullar qo’shiq kuylab hidlarin sochar,
Yaproq chapak chalgach,bolari qochar,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Bahorga o’xshagan suluv kelinchak,
Dala-qirlaringdan terar gul-chechak,
Go’zal tilak aytib kavlar sumalak,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!
Zumrad bahor iliq nafasin olgan,
Gulu-lolalarga poyondoz solgan,
Ko’ngilni yashnatib biz bilan qolgan,
Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!

Оставьте комментарий