Birinchi-ustoz-haqida-sherlar

Birinchi ustoz haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Birinchi ustoz haqida sherlar.

Birinchi ustoz — bu inson hayotida eng unutilmas va muqaddas siymolardan biridir. U bizga savod o‘rgatadi, qalbimizga ezgulik urug‘ini sepadi, kelajak sari yo‘l ko‘rsatadi. Har birimizning yodimizda birinchi ustozimizning samimiy tabassumi, mehribon nigohi va sabr-toqati doimiy muhrlanib qoladi.

Birinchi ustoz haqida matn.

Birinchi ustoz — bu nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiya beruvchi, mehr va oqibatni o‘rgatuvchi insondir. U har bir shogirdini o‘z farzandidek asrab-avaylaydi, ularning quvonchi va yutuqlaridan shodlanadi. Insonning butun hayoti davomida unga hamroh bo‘ladigan ilmning poydevori aynan birinchi ustoz qo‘lida yaratiladi. Shu bois, birinchi ustozning o‘rni va hurmati hammamiz uchun beqiyosdir.

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik:
Hurmatli ustozlar! Sizlarni chin qalbimizdan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Sizlarning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingiz tufayli yurtimiz farzandlari bilimli, tarbiyali va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda. Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizda baxt va xotirjamlik, mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

 

Birinchi ustoz.

Qalam tutib qólimga ilk bor,
Yozuv chizuv òrgatgan Ustoz!
Eslagaymiz biz sizni kóp bor,
Ta’lim bergan birinchi Ustoz!

Bexuda ketmadi qilgan mehnatlar,
Siz uchun yaralsin bari roxatlar.
Óquvchimas sizga góyo farzandlar,
Jon fido aylagan birinchi Ustoz!

Bizni yetaklagan kamolot sari,
Bilim berganida ketmagin nari.
Aylanar haqiqat bularning bari,
Bilimlar chashmasi birinchi Ustoz!

Kóp ozorlar bersak ham sizga,
Barcha bilganlariz órgatdiz bizga.
Bolada shóxliklar qiladi menga,
Deb yana boshimiz silagan Ustoz!

Hanuz sog’inaman yoshlik chog’larim,
Deysiz bular mening óquvchim.
Kóchada kórganda ôg’il,qizlarim,
Qayta ôqisaydim birinchi Ustoz!

Bahorlar qaytadi yoshlik qaytmaydi,
Ôtgan bolaligim yoddan chiqmaydi.
Beg’ubor damlarim kutub tursaydi,
A’lo baholarni olardim Ustoz!

Shamshod Safar ótdi yoshliging,
Kóp beg’ubor kóp shóxliging.
Armon bóldi aziz maktabing,
Siz ardoqda birinchi Ustoz!

Yosh niholmiz sheri.

Bizlar jajji bolamiz,
Goʼyo gul-u lolamiz.
Soʼzlarimiz asal-bol.
Yosh niholmiz, yosh nihol.

Bogʼcha opa muallim,
Beradi bizga taʼlim.
Opamizning tili bol,
Yosh niholmiz, yosh nihol.

Oʼrgatar turli o‘yin,
Oʼynaymiz, chalsa kuyin.
Oʼrganamiz biz darhol,
Yosh niholmiz, yosh nihol.

Shirin soʼzlash, odobni,
Qadrlaymiz oftobni.
Deydi doim uqib ol,
Yosh niholmiz, yosh nihol.

Bizni sevib bolam der,
Siz-la goʼzal olam der.
Soʼzimizga barcha lol,
Yosh niholmiz, yosh nihol.

Ustozlarga assalom she’ri.

(ta’tildan qaytgan ustozlarga hazil she’r)

Eson omon avgustga yetganlarga assalom,
Yuzi yorug‘ maktabga qaytganlarga assalom.
Ta’lim uchun bir qo‘lda qog‘oz,qalam, ruchkasi,
Bitta qo‘lida ketmon tutganlarga assalom.

Ko‘rib sinf xonasin,tutolmay ko‘z jolasin,
Qorako‘z bolalarin kutganlarga assalom.
Teng taqsimlab ishlarni,uchirib o‘y,hushlarni,
Buyruqnamo gaplardan qotganlarga assalom.

Maktabga qaytdi hayot,kimlarga foyda,najot,
Pishiriqlar pishirib sotganlarga assalom.
Tushlikdan so‘ng qolishib,soyada dam olishib
Bir biriga hazil gap otganlarga assalom.

Ey bag‘ri keng ustozim,qilarman sizga ta’zim,
Fidokor,zo‘r zahmatlar yutganlarga assalom.

Ta’tildan qaytgan barcha ustozlarga assalom..

Birinchi ustozimga she’r.

Birinchi bor maktabga kelib
Ko‘zim sizga tushdi ustozim.
Kelinglar deb suyunib suyib
Oldingiz mehrimni aziz ustozim.

Qo‘ng‘iroqlar chalinar birdan
Biz darsga tayyoru soz
Olga qo‘yib bir bir qadam
Kirib kelar aziz ustoz.

O‘qituvchi yuzlarida
Bir moviy yulduz bordir.
Unga qarab to‘ymayman.
Darslardan zerikmayman.

Ona yurtim O‘zbekistonim
Bag‘rida siz yuring sog‘ omon.
Shogirdingiz bo‘lib ustozim
Yoningizda turarman qachon.

Birinchi ustozim sizga ta’zim – Ustozlarga bag’ishlangan she’r.

Sabr, qanoat ila yonimda turgan
Ilk bora qo’limga qalam tutqazgan
Bilimlar sandig’in bizga ochgan
Birinchi ustozim sizga ta’zim.

Borimcha, qo’limdan mahkam tutib
Komillik yo’lin bizga ko’rsatgan
O’zida borini bizga o’rgatgan
Birinchi ustozim sizga ta’zim.

Siz sabab ustozim bugun ulug’man
Do’st-u, yor yonida ilmim ziyoda.
Qalbimga ezgulik nurin sochgan
Birinchi ustozim sizga ta’zim.

Bugun o’zim ham ustoz bo’ldim
Har bir so’zlaringiz yod ayladim
Qadringiz endi anglab yetdim
Birinchi ustozim sizga ta’zim.

Ustozim yo’lingiz yorug’ bo’lsin
Tan-u jon sog’lig’ingiz abadiy bolsin
Shogirdlar o’stiring bundan ziyoda
Birinchi ustozim sizga ta’zim.

Оставьте комментарий