DO`STLARGA ULASHING:
Samsung Galaxy S26 Ultra vs Galaxy S25 Ultra — birinchi renderlar taqqoslandi!
Internetda paydo bo‘lgan yangi renderda Galaxy S26 Ultra va S25 Ultra yonma-yon tasvirlangan. Bu bizga dizayndagi o‘zgarishlarni yaqqol ko‘rishga imkon beradi.
✨ Nimalar yangilangan?
• Yanada yumaloq burchaklar. S26 Ultra korpusi oldingi avlodga nisbatan sezilarli darajada yumaloqroq — qo‘lda qulayroq turishi kutilmoqda.
• Ekran oynasi va ramkalar. Renderga ko‘ra, ekran ramkalari deyarli o‘zgarmagan — S25 Ultra darajasida qolgan.
📸 Umuman olganda, dizayn yangilanishi keskin emas, lekin ergonomikaga qaratilgan mayda, lekin yoqimli o‘zgarishlar seziladi.
Sizga qaysi ko‘rinishi yoqdi — S25 Ultra burchaklari yoki S26 Ultra yumaloqligi? 🤔
