Birinchi ayol shifokor — Zulfiya Umidova

DO`STLARGA ULASHING:

Birinchi ayol shifokor — Zulfiya Umidova

Zulfiya Ibragimovna 1897-yilda Toshkent shahrida harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Oktyabr inqilobi yilida Petrograd ayollar tibbiyot institutida o‘qishni boshladi, ammo uning qanday qilib Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tgani nomaʼlum. 1918-1920-yillarda Toshkentdagi Qizil armiya safida evakuatsiya gospitalida ishlagan.

Zulfiya Umidova 1922-yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning davolash fakultetini tugatib, Toshkent tibbiyot institutiga ishga kiradi. Assistentlikdan tibbiyot fanlari doktori darajasiga ko‘tariladi.

Zulfiya O‘zbekiston SSRda yurak-qon tomir kasalliklarining tarqalish xususiyatlarini birinchilardan (https://www.facebook.com/nemolchi.uz/photos/a.2330378960519842/3877308639160192) bo‘lib o‘rgandi. Olim doktorlik dissertatsiyasida Toshkentning issiq iqlimining inson yurak-qon tomir tizimiga taʼsiri va miokard infarkti klinikasi xususiyatlarini o‘rgangan.

Ilmiy faoliyati davomida doktor 80 ta maqola yozgan, 32 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan.

Оставьте комментарий