Harflar-haqida-sherlar

Harflar haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Alifbe bayrami uchun Harflar haqida sherlar to’plami.

Harflar haqida sherlar.

Alifbe bayrami – bolalarning eng quvonchli kunlaridan biridir. Harflar bu kunda go‘yo jonlanib, o‘quvchilar bilan birga kuylaydi, o‘ynaydi va bilim sari yetaklaydi. Har bir harf – do‘st, har bir so‘z – bilim, har bir she’r esa quvonchdir. Keling, birgalikda Harflar haqida sherlar orqali Alifbe olamiga sayohat qilamiz!

“Bilimlar mamlakati,
Boshlanar alifbodan.

O’ttizta do’stimiz bor,
Bizlarning alifbodan.

Alifboni o’rgangan
Bolalar jim turmaydi,

Harflar tilga kirib
Odamlarday so’zlaydi…”

A harfiga sher.

A dan boshlab alifbo,
Bo’ling der doim a’lo.
Unlidirman, unutmang,
Bo’lingiz doim dono.

B harfiga sher.

Bolalarga bosh bo’lar,
Sizlarga sirdosh bo’lar.
Bahrom, Barno, Botirni,
Yozganda yo’ldosh bo’lar.

D harfiga sher.

D man davrada doim,
Dono bo’ling iloyim.
Davron, Dilshod, Dilafruz –
Dostdir hamisha hamro’z.

E harfiga sher.

E demang meni ko’rib,
Ehtiyot bo’ling kulib.
Ekranda Erkin akam,
Ertak so’zlar chinakam.

F harfiga sher.

F harfiman men o’zim,
Fahmlang har bir so’zim.
Farida, Furqat, Farhod –
Mendan bitilar faqat.

G harfiga sher.

G ga quloq tutingiz,
Gulzorlarga o’tingiz.
Gul ushladim qo’limga,
Gilam to’shang yo’limda.

H harfiga sher.

H man, hayron bo’lmanglar,
Yo’lni to’sib turmanglar.
Handalak bor qo’limda,
Hamroh bo’ling yo’limda.

 I harfiga sher.

I harfini bilingiz,
Ishda ilg’or bo’lingiz.
Iroda, Izzat, Ikrom –
Istagi o’qish tamom.

J harfiga sher.

J harfini bilasiz,
Nega jahl qilasiz?
Jamila, Jasur, Javlon –
Jo’jani quvdi chunon.

K harfiga sher.

K dan koptok yozamiz,
Katta bo’lsak o’zamiz.
Kattani aylang hurmat,
Keladi baxt – saodat.

L harfiga sher.

L dan lola yozamiz,
Limuzinda o’zamiz.
Latif, Laylo, Latofat –
Loqaydlikka yo’q toqat.

M harfiga sher.

M dan yozilar maktab,
Mening do’stimdir kitob.
Murod, Maqsud, Mo’tabar –
Madina maktub yozar.

N harfiga sher.

N harfini bilamiz,
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi,
Ochil dasturxon bo’ldi.

O harfiga sher

O oyga o’xshar ekan,
Osmonda uchar ekan.
Obid, Olim, Ozoda –
Ostonang bo’lsin toza.

P harfiga sher.

P harfiman bilingiz,
Kuzda paxta teringiz.
Po’lat, Parfi, Pokiza –
Paxta teringiz toza.

Q harfiga sher.

Q dan qayiq yozamiz,
Qayerlarga suzamiz?
Qishda qarg’a uchadi,
Qarang, qorni quchadi.

R harfiga sher.

R ga ruxsat beramiz,
Rasm so’zin yozamiz.
Ra’no, Rahim, Ruhsora –
Dono, aqlli bola.

S harfiga sher.

S man, soatga boqing,
So’zining mag’zin chaqing.
Sobir, Said, Surayyo –
So’zdan adashmang aslo.

T harfiga sher.

T man, tanib olursiz,
To’maris deb yozursiz.
Toshkent – ona shahrimdir,
T harfidan yozgumdir.

U harfiga sher.

U man, uchrab ko’p so’zda,
Sizga tanish bo’laman.
Uzum, ummon, Umida –
So’zlarini yozaman.

V harfiga sher.

Men V durman, bilursiz,
Varrak so’zin yozursiz.
Vasila, Vohid, Vail –
Yozing kelganda gali.

X harfiga sher.

Qattiq X derlar meni,
Yozgum taxta, paxtani.
Xo’roz, xona, xola ham
Men bilan bo’ladi jam.

Y harfiga sher.

Y man, balki bilursiz,
Yo tanimay qolursiz.
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb –
Mendan boshlab yozursiz.

Z harfiga sher.

Z deydilar otimni,
Bilasizmi zotimni?
Zuhra, Zahro, Zokirjon –
Mendan boshlanur chunon.

O’ harfiga sher.

O’ deydilar har zamon,
O’tir, o’rtoq bo’laman.
O’zbekiston so’zini
Faxr bilan yozaman.

G’ harfiga sher.

G’ harfini tanirsiz,
G’ayrat bilan o’qirsiz.
G’ani, G’ulom, G’afurning –
G’amini yo’qotursiz.

Sh harfiga sher.

Sh harfiman bilasiz,
Shoshib – shoshib kelasiz.
Shokir, Shahzod, Shadmonni –
Shogirtlikka olasiz.

Ch harfiga sher.

Ch man, tanib olingiz,
Charchoq bilmay qolingiz.
Chollarni chaman qilib,
Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.

Ng harfiga sher.

Ng bordir singilda,
Yoki biror ko’ngilda.
Tongda dengizda suzdim,
Daladan bodring uzdim.

ʼ (Tutuq belgisi).

Tutuq qo’yib yozaman,
Unlini sal cho’zaman.
Ra’no, ma’no, a’lodir,
Yaxshi bola donodir.

Оставьте комментарий