Biz ko’p eshitgan jamoat joylari deganda qayerlar tushuniladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Biz ko’p eshitgan jamoat joylari deganda qayerlar tushuniladi?

📌 Qonunchilikka muvofiq, quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:

— stasionar savdo ob’yektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar, klublar, diskotekalar, kompyuter zallari yoxud boshqa ko‘ngilochar joylar, muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;

— mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar hamda, havo kemalari, yer osti o‘tish joylari;

— sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari va ish joylari bo‘lgan xonalar, shuningdek uylar oldi hududida joylashgan bolalar, sport maydonchalari, xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqa joylar.

Оставьте комментарий