Bloger, Vloger, Vayner va Pranker kim?

DO`STLARGA ULASHING:

Bloger so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, «blog — ya’ni veb sayt yoki sahifa yurituvchisi» ma’nosini anglatadi.
Blogerlar quyidagi yo‘nalishlarda asosan ishlashadi:
— bugungi kunga nisbat salbiy fikrlarni bildirish (mavjud siyoyis, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyatga nisbatan tanqidiy fikrlar);
— foydali maslahatlar berish (ovqat pishirish, duradgorlik, kiyim tikish, biror bir muammo hal qilish bo‘yicha maslahatlar);
— ilm-fanga oid bo‘lgan maqolalar (musiqa asboblari, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo bo’yicha qiziqarli amaliyotlar va eksperimentlar);
— biror vaziyatga nisbatan ekspertlar fiklari (yaqin orada yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, yuridik vaziyat)
— va boshqalar.
Vloger — vlogerlar video shaklda kontent ishlovchi blogerlar hisoblanadi. Agar Bloger – asosan ma’lum bir veb-sayt yoki biror bir ijtimoiy tarmoq (Facebook, Twitter va b.)da matnli axborot yozish bilan shug’ullansa, Vloger — videokontent tayyorlaydi va uni o‘ziga qulay barcha ijtimoiy tarmoqlarda tarqatadi.
Vayn — bu, davomiyligi o‘rtacha 1 daqiqagacha bo‘lgan, asosan yoshlar uchun mo‘ljallangan qisqa rolikdir.
Vaynerlar — bu, vayn shakldagi qisqa roliklarni ishlovchi blogerlar hisoblanadi.
Vaynlarning mavzusi har xil bo‘lishi mumkin, lekin, eng ko‘p uchrovchi vaynlar asosan hajviy yo‘nalishda suratga olinadi.
Pranker— bu, prank bilan ya’ni oddiy odamlarni mazax qilish, qo’pol hazil qilish bilan shug‘ullanuvchi hazilkash. Prankerlar oddiy hazilkashlardan farqli ravishda odamlarni nafsoniyatiga teguvchi, jahllarini chiqaruvchi, noqulay ahvolga soluvchi hazillarni uyushtiradi.
Vaynchi va Prankerchining bir biridan farqi — vaynerlar oldidan kelishilgan odamlar bilan ma’lum bir ssenariy asosida tashkil etilgan, sahnalashtirilgan vaziyatni suratga oladilar. Prankchilar esa mutlaqo begona bo`lgan odamlar bilan kutilmagan vaqtda va unga mo`ljallanmagan joyda tomosha uyushtirishadi va uni yashirin kameraga yozib boradi. 
Dunyo bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan prankerlar — bu, telefon prankerlaridir. Ular jamoat joylaridagi telefonlardan yoki mutlaqo begona odamlarning qo‘l telefonlaridan boshqa bir begona odamlarga qo‘ng‘iroq qilib bilan qo‘pol hazil qilishadi.

Оставьте комментарий