Bodring yetishtirish. Navlar, tavsiyalar va zarur maʼlumotlar.

DO`STLARGA ULASHING:

Аhamiyati.
Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi uzilgan holida isteʼmol qilinadi. Uni marinadlab va konservalab xam ishlatiladi. Bodring mevasi ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Undan kosmetologiyada xam foydalaniladi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Bodringni Ranniy–645, Oʼzbekiston–740, Navroʼz, Omad, Talaba va chet el duragaylaridan Аlibi, Аsteriks, Regal, Аyaks, Superina kabi nav namunalari ekiladi.
bodring
bodring
Urugʼ tanlash.
Ekiladigan bodring urugʼi toza, unuvchanligi yuqori, kasalliklardan xoli, butun va toʼla boʼlishi zarur. Urugʼlar boshqa oʼsimliklar urugʼlari va aralashmalaridan tozalanadi. Urugʼlar ekish oldidan iliq suv yoki oʼsishni boshqaruvchi moddalardan birida 10–12 soat davomida ivitib qoʼyiladi.
Yer tayyorlash.
Bodring uchun unumdor, gumus miqdori yuqori boʼz va oʼtloqi boʼz tuproqlarga ekish maqsadga muvofiq. Urugʼ ekiladigan maydonlar oʼtmishdosh ekin qoldiqlari va begona oʼtlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 200 kg (10 sotixga 2 tonna) chirigan goʼng solinadi. Chirigan goʼng bilan birgalikda mineral oʼgʼitlar solinadi. Tuproq 30–35 sm chuqurlikda chirigan goʼng va mineral oʼgʼitlar bilan aralashtirilib yumshatiladi. Yirik kesaklar maydalangach, yaxshilab tekislanadi va sugʼorish egatlari olinadi.
Ekish muddati va sxemasi.
Ertagi bodring janubiy mintaqalarda ochiq maydonlarda 1–10 aprelda, markaziy mintaqada joylashgan va vodiy 27 viloyatlarida 10–20 aprelda, shimoliy mintaqalarda 20–30 aprelda; oʼrtagi muddatda janubiy viloyatlarda 20 aprel–5 may, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1–10 may, shimolda 1–15 may, kechki bodring janubda 10–20 iyulda, markaziy mintaqalarda 15–30 iyun, shimoliy mintaqalarda 15–25 mayda ekiladi. Ertagi mahsulot yetishtirish uchun 70+140/2×40 sm sxemada urugʼ ekiladi. Bunda qatorlar orasi 70 sm, pushlaral orasi 140 sm va oʼsimliklar oraligʼi 40 sm ni tashkil etadi. Urugʼlar qoʼlda 4–5 sm chuqurlikka ekiladi. Urugʼ sarfi 1 sotixga 20–30 g (10 sotixga 200– 300 g).
Parvarishlash.
Unib chiqib nihollar paydo boʼlganda birinchi va 2-3 chinbarg paydo boʼlgandan keyin esa ikkinchi marta yagana qilinadi. Qator oralarini qoʼl kuchi yordamida ketmon bilan 15–16 sm chuqurlikda oʼsimlik atrofi bilan yumshatib turish, mineral oziqa va suv berib borish kerak. Suvga talabchanligi jihatdan bodring sabzavot ekinlari orasida birinchi oʼrinda turadi. Naychalash va mevasi yetila boshlagan davrda bodring suvni ayniqsa koʼp talab qiladi.Oʼsuv davri mobaynida sizot suvlari yaqin joylarda 8-9 marta sizot suvlari chuqur joylashgan maydonlarda esa 12-14 marta sugʼoriladi. Xar ikki-uch sugʼorishdan keyin qator oralari 15–16 sm chuqurlikda yumshatib boriladi.
Oʼgʼitlash.
1 sotix yerdagi bodring sof holda 5,8 kg sulьfat ammoniy, 2,2 kg ammofos, 1,5 kg kaliy xlor oʼgʼitlari bilan oziqlantiriladi. Bodringni oziq moddalarga talabi yuqori. Oʼsuv davri davomida 1-2 marta qoʼshimcha Gummat print, Roslin va Nitrolin kabi moddalar bilan oziqlantiriladi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Bodring urugʼlarini 1 kg ga 2 foizli 34% Vitavaks, 1,5% li 60,7% Previkur bilan ishlov berishayrim kasalliklarni oldini oladi. Bodringni pashshalar, shiralar, tripslar, oqqanot koʼproq zararlaydi.
Oʼsimlikning oʼsuv davrida 10 sotix yerga xashoratlarga qarshi hosilni yigʼishdan 20 kun oldin ikki marta Аtilla super 10% m.k. yoki Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g) sepiladi. Аntraknoz, peronosporoz, askoxitoz, dogʼlanishlar, bakterioz va un shudringlar kasalliklarga qarshi Kolosalь Pro m.k. (200–300 g/l), Pinko 10% em.k. (0,25 l/ga), Kurzat R n.kuk. (200–250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qoʼllash mumkin. 60–70 litr suvga tayorlangan aralashma ishlatiladi.
Hosilni yigʼishtirish.
Bodring mevalari 5 sm dan katta boʼlgandan boshlab xosili yigʼib olinadi. Xosil xar 2-3 kunda bir teriladi. Yigʼimterim jarayonida oʼsimlik palaklariga zarar yetkazmaslik lozim. Vaqtida terib olinmagan xosil sargʼayib ketadi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 200 g urugʼ uchun 30 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 645000 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi bir kilogrami eng past narxda 2000 soʼmdan sotilganda 6 mln. 200 ming soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 5 mln. 555 ming soʼm sof foyda olish mumkin.

8 комментариев к “Bodring yetishtirish. Navlar, tavsiyalar va zarur maʼlumotlar.”

  1. Уведомление: tkos carts

  2. Уведомление: cheap bin dumps

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: where can i buy mushroom concentrate

  5. Уведомление: Deep Web Links

  6. Уведомление: weed delivery toronto

  7. Уведомление: БИНАНС В РОССИИ

  8. Уведомление: อุปกรณ์ อุตสาหกรรม

Комментарии закрыты.