Yakka kurash bilan shug’ullanish uchun tavsiyalar

DO`STLARGA ULASHING:

Yakka kurash bilan shug’ullanish uchun tavsiyalar

Yakka kurash jismoniy holatni yaxshilash, irodani kuchaytirish, o’ziga ishonchni oshirish va o’z-o’zini himoya qilish imkoniyatlarini beradi.

Yakkakurash turlaridan birini tanlashda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:

— sportchining jinsi;

— yoshi;

— jismoniy holati;

— jismoniy faollik darajasi;

— tana xususiyatlari;

— salomatlik, surunkali kasalliklar, jarohatlar bor yoki yo’qligi.

Fitness klublarida jang san’atining ushbu turlari ko’p uchraydi:

Aykido — yaponiya jang san’ati. Raqibga asosan psixologik ta’sir o’tkazib, raqibning kuchini o’ziga qarshi ishlatish usullarini o’rgatadi. Aykidoda o’z tanangizni his qilishni, fikrlashni, vaziyatni tahlil qilishni o’rganasiz.

Karate — asosiy maqsad zarba berish texnikasini to’g’ri tanlash. Chaqqonlik, chidamlilik, reaksiya layoqatini rivojlantiradi. 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun karatening kontaktsiz turini tanlagan ma’qul.

Sambo — sportchi qurol ishlatmasdan o’zini himoya qilishni o’rganadi. Asosan kuchli zarbalar o’rgatiladi, ammo bo’g’ish usullari taqiqlanadi.

Boks — faqat qo’lqop kiygan holda zarba berish talab qilinadi. Bosh dubulg’a bilan himoyalanadi. O’z-o’zini himoya qilish usullarini o’rganish uchun boks yangi sportchilar uchun eng yaxshi jang san’ati turlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu sizga raqibingizni faqat qo’llaringiz bilan, boshga zarba berish orqali mag’lub etishga imkon beradi.

Taekvondo — Koreyada paydo bo’lgan jang san’ati. Ruhiyatni mustahkamlovchi va tanani tarbiyalovchi falsafaga ega. Aslida, bu sakrash, bloklar va zarbalarni o’z ichiga olgan faol jang san’ati hisoblanadi. Taekvondo chaqqon va energetik odamlar uchun juda mos.

Siz qaysi sport turi bilan shug’ullanyapsiz? Izohda yozib qoldiring!

Оставьте комментарий