Pomidor yetishtirish. Koʼchat tanlash, ekish muddati va boshqa maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Аhamiyati.
Pomidor mevasi yangi uzilgan holida xamda tuzlangan, marinadlangan, turli salatlar holida isteʼmol qilinadi. Pomidor hosilining yarmi sharbat, pyure, pasta, sous sifatida qayta ishlanadi. Pomidorning mevasi toʼyimli mazali va shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Pomidorni ertapishar Doʼstlik, Saxiy, Shafaq, Sevara, oʼrta-ertapishar Toshkent tongi, oʼrtapishar TMK-22, Oʼzbekiston–178, Surxon–142, Bahodir, Sharq yulduzi, Sitora, kechpishar Namuna–70, Doni 2000 navlari ekiladi.
Koʼchat tanlash.
Urugʼ ekishdan oldin virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida 50–52 oS va 24 soat 80oS qizdirilsa, keyin 3 minut 5 foizli shoʼr suvda ivitilsa yaxshi natija beradi. Pomidor koʼchatlari 40–45 kunlik, poyasi va ildizlari baquvvat rivojlangan, 6-7 chinbarglarga ega boʼlgan, toʼq yashil, sogʼlom boʼlishi lozim.
Yer tayyorlash.
Pomidor ekish rejalashtirilgan yerlarni tayyorlash ishlari kuz oylaridan boshlanadi. Xosildan boʼshagan maydondagi oʼsimlik qoldiqlari tozalanib, mahalliy oʼgʼit sochib chiqiladi. Yer maydoni 28–30 sm chuqurlikda yumshatiladi. Erta baxorda yer 14–16 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yirik kesaklar xaskash yordamida maydalanib bir yoʼla yer tekislab olinadi, keyin 70 sm yoki 90 sm qator oraligʼida ekish uchun egatlari tortib chiqiladi.
pomidor
pomidor
Ekish muddati va sxemasi.
Pomidor koʼpincha koʼchatida ekib oʼstiriladi. Koʼchatlar janubiy viloyatlarda ertagi navlar martning III oʼn kunligida, oʼrta va kechpishar navlar aprelning I–II oʼn kunligida; markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ertapishar navlar aprelning I oʼn kunligida, oʼrta va kechpishar navlar aprelning II–III oʼn kunligida hamda mayning I–II oʼn kunligida ekiladi. Pomidorning ertapishar va oʼrtapishar navlari ochiq dalalarda 70×40 sm va 90×30 sm sxemada ekiladi. Ekilgandan soʼng koʼchatlar albatta sugʼoriladi. 1 sotix maydonga ekish sxemasiga qarab 280–570 ta koʼchat sarflanadi. Parvarishlash.
Oʼsimliklarga birinchi ishlov berish koʼchatlar tutib olgach, yaʼni ekilganidan 10–12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egatlar ichi, pushta va qatordagi koʼchatlar orasi yengil chopiq qilinib yumshatiladi. Yengil chopiqdan soʼng 12–15 kun oʼtgach, sugʼoriladi va oziqlantiriladi. Pomidorni oʼsuv davrida 3-4 marta qoʼlda chopiq qilinadi. Pomidor suvga talabchan oʼsimlik boʼlib, sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda oʼsuv davri mobaynida 29 18–20, sizot suvi yuza joylashgan yerlarda 12–15 marta sugʼoriladi. Sizot suvi chuqur joylashgan yerlarda hosil yetilguncha har 8–12 kunda, hosil yoppasiga pishganda esa 5–7 kunda sugʼoriladi. Kuz boshlangandan keyin ekin kamroq sugʼoriladi. Pomidor qiygʼos pishganda yorilib ketmasligi uchun navbatdagi hosil terib olingandan keyin suv beriladi.
Pomidor yetishtirish. Koʼchat tanlash, ekish muddati va boshqa maʼlumotlar
Oʼgʼitlash.
Pomidor yetishtirishda sof holda 1 sotix maydonga 7,6 kg sulьfat ammoniy, 2,6 kg ammofos, 1,6 kg kaliy xlor oʼgʼitlari beriladi. Pomidor qoʼshimcha oziqlantiriladi, bunda oksigumat, gummat natriy roslin kabi moddalar bilan bargidan oziqlantirilsa, oʼsimlikni rivojlanishi va xosildorligi ortadi.
Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Аgrotexnik tadbirlardan biri almashlab ekishga amal qilish, urugʼni ekishga tayyorlashda ishlov berish ularni virusli va bakterial kasalliklardan xoli qilishdir. Pomidorda asosiy zararkunandalaridan pomidor kuyasi, shira, oqqanot, trips, zang kanaga qarshi 10 sotixga Perfekto 17,5 sus.k. (20-30 ml), Karate 5% em.k., Mospilan 20% n.kuk. (25–30 g), Koragen 200 k.e (xloratraniliprol) – 10l suvga 1,5-2 ml va gʼoʼza tunlamga Аvaunt 15% em.k. (40 ml), Tayshin s.d.g. (10–12 g) preparatlari qoʼllaniladi. Biologik usulda kuya, kuzgi tunlam va gʼoʼza tunlami tuxumiga qarshi trixogrammma (har bir avlodga 1 g. dan 3 marta); qurtlariga qarshi (brakon 100 dona), soʼruvchi zararkunandalarga qarshi oltinkoʼz, oqqanotga qarshi enkarziya, makrolofis entomofaglari qoʼllaniladi. Zang kanaga qarshi oltinkoʼz entomofagi yaxshi samara beradi.
Kasalliklardan fitoftoroza, un shudring, fuzarioz va vertitsillioz soʼlish, mozaika, stolbur uchraydi. Un shudringga qarshi Lotos 10 % em.k (30 ml, 10 sotix maydonga), fitoftoroz, alьternariozga Kurzat R n.kuk. (200– 250 g), Prokure 77,2% s.e.k. (1 l/ga) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qoʼllash mumkin. 60–70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi. Bu kimyoviy preparatlarni soha mutaxassislari bilan maslahatlashib qoʼllash zarur.
Pomidor yetishtirish. Koʼchat tanlash, ekish muddati va boshqa maʼlumotlar
Hosilni yigʼishtirish.
Pomidor mevalari poyasida toʼliq pishgan, lekin hali qattiq boʼlganda yetilgan hisoblanadi. Uning pishganini rangidan bilamiz, och yoki toʼq qizil rangga kirgan mevalarni yigʼib olinadi. Terilgan pomidorlarni salqin joyga qoʼyish lozim. Baʼzida koʼk pomidorlarni birinchi qattiq sovuq tushishidan oldin terib olib, salqin nam joyda saqlashga qoʼyiladi. Pishgan pomidor vaqtida terib olinmasa poyasida chirishi mumkin. Xosil oʼsuv davri davomida qoʼlda 12-16 marta terib olinadi.
Iqtisodiy samarasi.
10 sotix maydonga 4760 dona koʼchat uchun 714 ming soʼm sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1775500 soʼmni tashkil etadi. Xosil narxi eng past narxda bir kilogrami 2000 soʼmdan sotilganda 7 mln. soʼm boʼladi. Shunda 10 sotix maydondan 5 mln. 224 ming soʼm sof foyda olish mumkin.

14 комментариев к “Pomidor yetishtirish. Koʼchat tanlash, ekish muddati va boshqa maʼlumotlar”

  1. Уведомление: Clicking Here

  2. Уведомление: Danmarks højeste kvalitet og med COA certifikat

  3. Уведомление: nova88

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: mayalynn.com

  7. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  8. Уведомление: Pulsar Rifle Scopes & Accessories For Sale

  9. Уведомление: Residual income

  10. Уведомление: valid shop

  11. Уведомление: บาร์โฮส

  12. Уведомление: read review

  13. Уведомление: Albino penis envy mushrooms

  14. Уведомление: here are the findings

Комментарии закрыты.