Bola tinmay yigʼlasa

DO`STLARGA ULASHING:

Chillali chaqalogʼingiz tinmay yigʼlayaptimi? Bu bekorga emas. Odatda chaqaloqlar behudaga yigʼlayvermaydi. Bunga beeʼtibor boʼlmay, sababini oʼrganish zarur!
Bolani yechintirib, quyidagilarga ahamiyat bering.
Bolaning qoʼl yoki oyogʼi qimirlashi oʼzgarmaganmi?
Tanasida oldin siz koʼrmagan shish yoki qizarish yoʼqmi?
Аgar tanasida oʼzgarish sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Bu holatlar koʼproq suyagi qotmagan chaqaloqni yiqitib yuborish yoki notoʼgʼri yotqizish natijasida paydo boʼladi.
Bola soni egiladigan joy (qorin tagi)da shishlar yoʼqmi? Bu holat ichak oʼtkazish yoʼllarida churra yoki ichak tizimi buzilganidan dalolat beradi va tibbiy yordamni talab qiladi. Bola qornini ushlab koʼring. Tarang boʼlib ishgan emasmi? Yoki sal teginsangiz, battar qichqirib yuborayotgani yoʼqmi? Bunga sabab ichak yoʼllarining buzilishidir. Bola qornini yigʼlaganida emas, sal tinganida koʼrish kerak. Chunki yigʼlayotgan bolaning qorni tarang boʼladi.
Bola tagliklari yopishgan joylarida qattiq qizarish yoʼqmi? Bu juda kuchli ogʼriq keltirib chiqarishi mumkin. Аyniqsa taglik hoʼl boʼlganda achishish unga yanada koʼproq azob beradi.
Bola burnidan sariq suyuqlik chiqmayaptimi? Bu quloq yalligʼlanishi alomati boʼlishi mumkin. Yana bir karra goʼdakning qorniga nazar tashlang. Oxirgi marta ichi qanday kelgan edi? Balki unga qorin ogʼrigʼi azob berayotgandir? U holda ich yumshatuvchi vosita (svecha)lardan foydalanib, qornini soat millari boʼyicha iliq qoʼl bilan asta-sekin silang.
Etibor bering.
Yaqin orada bolaga yangi mahsulot bera boshlagan edingizmi? Аgar emizayotgan boʼlsangiz, oʼzingiz yangi avval isteʼmol qilmagan mahsulotni yeb qoʼymadingizmi? Yoki aralashma (sunʼiy sut) berayotgan boʼsangiz, uning turini adashtirib qoʼymaganmidingiz?
Balki bola beeʼtibor boʼlayotganingizdan xafadir. Аgar bolada jismoniy yoki allergik sabablarni koʼrmagan boʼlsangiz, u holda uni mehr bilan tinchlantirishga urining.
Bolani koʼchaga olib chiqib aylanib keling.
Emizib koʼtarib yuring. U bilan suhbatlashing, qoʼshiq yoki alla aytib, tinchlantiring.
Emizikli ayolga qatʼiyan taqiqlanadi:
Barcha turdagi alkogol mahsulotlari! Ular 100% boʼlmasa-da, albatta ona suti bilan bolaga oʼtadi.
Xom va konservadagi piyoz, sarimsoq, qalampir, mayonez, va turli souslar! Ular ona suti tarkibini oʼzgartiradi
Xantal, achchiq qaxva, qora shokolad, turli hidli qoʼshimchalarga boy boʼlgan pishloq! Negaki ular sutning mazasini buzadi.
Selyodka, dengiz mahsulotlari, ikra… Ular sutni shoʼr qiladi.
Ozgina-yu, sozgina…
Bu turdagi mahsulotlarni zarari boʼlmasa-da ularni koʼp miqdorda isteʼmol qilish mumkin emas!
Qovun, qatiq, noʼxat, oʼsimlik moyi – bularning koʼpligi bola qornida ogʼriq turishi va ich ketishiga olib kelishi mumkin.
Nok, anor, xurmo, guruch, non va pishloqlar bolaning ichini qotiradi.
Sigir suti, apelsin, greypfrut, qora smorodina, tuxum, qizil ikra, balik, joʼxori, bugʼdoyli boʼtqalar – bular allergik reaktsiya qoʼzgʼatishi mumkin.
Istagancha isteʼmol qiling!
Quyidagi mahsulotlarni isteʼmol qilish ona va bola salomatligi uchun juda foydali.
Sabzi, petrushka, ukrop bola koʼzini ravshanlashtiradi.
Salat barglari, smorodina immunitetni oshiradi.
Qovoqcha (kabachka) qovoq, treska baligʼi bolaning rivojlanishi va oʼsishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
Tvorog, yogurt suyak va tishni mustahkamlaydi.
Kefir, qatiq, ayron, suli boʼtqasi, gulkaram hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

Оставьте комментарий