Boladagi qobiliyatni yo‘q qiluvchi 10 jihat

Boladagi qobiliyatni yo‘q qiluvchi 10 jihat

DO`STLARGA ULASHING:

Boladagi qobiliyatni yo‘q qiluvchi 10 jihat

1⃣Yuzga urish miyadagi 300-400 hujayrani o‘ldiradi. Boshni silash esa miyada yangi hujayralar paydo qiladi.

2⃣Elektron o‘yinlar ijtimoiy aqlni, lug‘aviy ziyraklikni barbod qiladi. Haddan ortiq e’tibor qaratilganidan miyaga qon quyilishiga, miya hujayralarining barvaqt halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yoshi ulg‘ayganda unga mahorat, tajriba yetishmaydi.

3⃣Onani farzand oldida haqorat qilish bolani qo‘rqoq, tortinchoq qilib qo‘yadi, sog‘lom fikrlashdan to‘xtatadi. Chunki so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, bola qobiliyatni onasidan oladi.

5⃣Bolaning fikrlari ustidan kulish, u taqdim qilgan ishlarni taqdirlamaslik natijasida motivatsiyasi pasayib ketadi.

5⃣U bilan suhbat qurish eshigining yopiqligi noto‘g‘ridir. Buning natijasida undagi so‘z boyligi va ijtimoiy zehn yo‘qolib boradi. Bolaning gapiga ahamiyat bermaslik, uni jim turishga buyurish, ba’zi hollarda uni qattiq inkor qilish yaxshilikka olib kelmaydi.

6⃣Suv ichishni kamaytish. Miyaning 85 foizi suvdan iborat. Har 45 daqiqada 1 stakan (kichik shisha idishda) suv ichish zarur. Agar ichmasa, tana g‘ayriixtiyoriy harakatlar (yo‘tal, aksa urish, stulni qimirlatish, stolni surish kabi harakatlar) qila boshlaydi. Bolada noqulaylik zohir bo‘ladi.

7⃣Nonushta qilmaslik ham yaxshi emas. Aniqlanishicha, nonushta qilmaydigan kishilarda qondagi shakar miqdori pasayib ketadi. Bu esa miya hujayralariga yetarlicha ozuqa yetib bormasligini keltirib chiqaradi va hujayralarning parchalanishiga sabab bo‘ladi. Fastfudlardan ehtiyot bo‘lish lozim.

8⃣Qobiliyat va qiziqishlarini hisobga olmaslik ta’limda samarali natijaga olib kelmaydi.

9⃣Bolalarcha tabiat bilan yashashga imkon bermaslik va bolalarni darsga ko‘mib yuborish mumkin emas. Bolalarda devorga yozish bu ularning yoshlik chog‘larida erkin yozishga imkon bermaslik natijasidir.

1⃣0⃣Bolani dastlabki bosqichda xatini (yozuvini) kichik yozishga majburlash yaxshi emas. Katta yozuv o‘ziga ishonchlilik va erkinlik belgisi hisoblanadi. Agar yozuv kichik bo‘lsa, buning ma’nosi ana shu ikki sifat (o‘ziga ishonch va erkinlik)ning yo‘qligidir.

Оставьте комментарий