Bolalarda tirnoq tishlash odatini davolash mumkinmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda tirnoq tishlash odatini davolash mumkinmi?

✅Tirnoq va uning atrofini tishlash holati onixofagiya deb ataladi. Bu odat ko‘proq psixologik holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi va stress, tashvish yoki qattiq tushkunlik paytida kuzatiladi. Buning sababini chuqur kuzatuv orqali aniqlash mumkin.

🔶Agar bola ko‘pchilikning oldiga chiqishdan avval tirnoqlarini tishlay boshlasa, buning sababi odamlarga nisbatan biroz qo‘rquv bo‘lishi mumkin. Bu holat oilaga yangi chaqaloqning kelishi natijasida e’tiborning kamayishi sababli ham kuzatiladi.

🔶Bolalar asosan avtomatik tarzda, o‘zining xatti-harakatidan bexabar bu ishni amalga oshiradi. Bolalarni ushbu odatdan tanbeh berib qaytarib bo‘lmaydi. Bu odatni bartaraf etish uchun qo‘llarni o‘yinchoqlar bilan band qilish lozim. Hammasidan ham foydalisi — ota-ona mehri va e’tiboridir

Оставьте комментарий