Bolalarni kitobxon qilish uchun 10 ta tavsiya

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarni kitobxon qilish uchun 10 ta tavsiya

1. O‘zingiz kitob o‘qib o‘rnak bo‘ling.
2. Bolangizga kitob o‘qib bering.
3. Uyquga yotishidan oldin ertak yoki hikoya o‘qib bering.
4. Kitob o‘qishning foydalari haqida unga so‘zlab bering.
5. Kitob o‘qiydigan bolalar bilan do‘stlashtiring.
6. Kitobdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan narsalar – TV, telefon, kompyuter, planshetlardan me’yorida foydalanishiga ruxsat bering. Shuningdek, bu jihozlardan me’yorida foydalanish bilan o‘zingiz ham o‘rnak bo‘ling.
7. Unga suratli, qiziqarli kitoblar hadya qiling.
8. Kitob o‘qigani uchun mukofotlang. Masalan, bitta kitobni o‘qib bo‘lsang, falon narsa olib beraman yoki falon joyga sayrga olib boraman deb unga xush keladigan va’dalarni bering va shartni bajarganda buni darhol, mamnuniyat ila amalga oshiring.
9. Ko‘p kitob o‘qib, ilm o‘rganib muvaffaqiyatga erishgan kishilar haqida farzandingizga so‘zlab bering.
10. Farzandingiz bilan kitob do‘kon va kutubxonalarga boring. O‘zi istagan kitoblarni olib bering.

Gʻiyosiddin Yusuf

Оставьте комментарий