Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin? 🤔

Aytaylik, shunday vaziyatga tushdingizki, trafikingiz hajmi cheklangan va internetdagi sahifalar bo‘ylab o‘tish balansingizga ta’sir qilishi tayin. Yarim soat davomida saytlardagi matn va media tasvirlardan iborat bo‘lgan sahifalar bo‘ylab o‘tishning o‘zi – taxminan 200 Mb trafik sarfiga olib keladi.

Ushbu xarajatni kamaytirish uchun, sahifalardagi, xajmi X Kb’dan ortiq bo‘lgan rasmlarning yuklanishini o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Bunda X qiymatini o‘zingiz ko‘rsatib o‘tasiz.

1️⃣. uBlock kengaytmasini o‘rtating:
Google Chrome (https://chrome.google.com/webstore/detail/ublock-origin/cjpalhdlnbpafiamejdnhcphjbkeiagm) | Mozilla Firefox (https://addons.mozilla.org/ru/firefox/addon/ublock-origin/).
2️⃣. Plagin sozlamalariga o‘ting.
3️⃣. “Блокировать медиа-элементы больше” qarshisiga maxsus belgini o‘rnating.
4️⃣. Yuklab olinishi mumkin bo‘lgan rasmlarning xajmi uchun chegaraviy qiymatni ko‘rsating. Shuni inobatga olish lozimki, saytning birgina sahifasida o‘nlab rasmlar joylashgan bo‘lishi mumkin.
5️⃣. Rasmlarning yuklanishini to‘liq o‘chirish uchun 0 qiymatini o‘rnatib qo‘yishingiz ham mumkin.

Tayyor. Brauzeringiz trafik sarfini kamaytiradi. Agar barchasini o‘z o‘rniga qaytarmoqni istasangiz, xuddi o‘sha menyuga o‘tib, maxsus belgini olib tashlaysiz. Kiritilgan cheklovlar istalgan turdagi medialar: audio, video, GIF va rasmlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Оставьте комментарий