Brutsellyoz

DO`STLARGA ULASHING:

Brutsellyoz – ichki a’zolar faoliyati, tayanch-harakatlanish, nerv tizimlarining zararlanishi bilan kechadigan kasallikdir. Odamga bu kasallik zararlangan hayvon mahsulotlari, sut va go‘sht, bundan tashqari hayvonning juni, terisi orqali yuqishi ham mumkin.

Brutsellyoz kasalligining yashirin davri 6-30 kunni tashkil etib, turli holatlarda kechishi mumkin. Ayrimda, tana harorati 38-40 oC gacha ko‘tariladi. Bemorning bog‘im va mushaklarida kuchli og‘riq, umumiy holsizlikdan shikoyat qiladi. Tananing limfa tugunlari va bo‘g‘imlarida turlicha shishlar paydo bo‘ladi. Kasallikning ilk belgisi tana haroratining tez ko‘tarilishi bo‘lib, bemorni kuchli isitma tufayli titroq bosadi. Bu xastalik odamning nerv tizimiga ham ta’sir etgani uchun bemorning kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bosh og‘rish, tajanglik, xotiraning pasayishi qo‘shimcha belgilar sifatida yuzaga keladi. Bemor terisi, asosan, sarg‘ayib yoki oqarib ketishi mumkin. Bundan tashqari, terida turli xil toshmalar kuzatiladi. Kasallik belgilari sekinlik bilan kuchayib, odamning umumiy ahvoli juda og‘irlashishi mumkin.

Brutsellyozni davolash

Endi bu kasallikning davosiga keladigan bo‘lsak, bemorlar vrachning qat’iy nazorati ostida shifoxonada davolanishi kerak. Bunda kasallik qo‘zg‘atuvchisini organizmdan chiqarib tahslash yoki uni yo‘qotish kompleks choralar ko‘riladi. Kasallikni uy sharoitida mustaqil davolash mumkin emas!

Barcha holatlar singari, bu holat yuzaga kelmasligi uchun ham tegishli jorlalar ko‘rilishi lozim. Va bu ishlar amalda kasallikni oldini olishga juda katta xizmat qiladi. Kasallikni oldini olishda gigiyena qoidalariga rioya qilib, tog‘ri xovjalik yuritishning ahamiyati katta.

Shu bilan birga, brutsellyoz bilan og‘rigan hayvonlarning sut va sut mahsulotlarini hamda go‘shtni  ovqatga ishlatmaslik lozim. Eng asosiysi, hayvonlarni brutsellyozga qarshi emlatish mumkin. Veterinariya tekshiruvidan o‘tmagan hayvon mahsulotlaridan ham kasallikni yuqtirib olish imkoniyati ancha oshadi.

Bundan tashqari, sutni yaxshilab qaynatish, go‘shtni pishirib, so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi.

avitsenna.uz/brutsellyoz/

15 комментариев к “Brutsellyoz”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: DevOps Solution

  3. Уведомление: How safe is it to smoke DMT?

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: credit card dumps

  6. Уведомление: คลิปหลุดใหม่

  7. Уведомление: สินเชื่อที่ดิน

  8. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  9. Уведомление: 스포츠토토

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: Thomas Adewumi University

  12. Уведомление: navigate here

  13. Уведомление: แทงบอลออนไลน์ 911

  14. Уведомление: clone credit cards​

  15. Уведомление: redirected here

Комментарии закрыты.