CHAQALOG’INGIZ UYQUSIDA BEZOVTALIK BORMI?!

DO`STLARGA ULASHING:

❤️❤️❤️CHAQALOG’INGIZ UYQUSIDA BEZOVTALIK BORMI?! ❤️❤️❤️
Chaqaloq uxlay olmayotgan bo’lsa, demak uni nimadur bezota qilyapti:
1. Uning qorni och bo’lishi mumkin. Ba’zida onala hozirgina emizdimku deya, bolaning uxlamasligi sababini boshqa holatlarda izlaydilar. Chaqaloq onasini emayotganda nafaqat qornini to’yg’azishi kerak, balki onasiga bo’lgan ehtiyoji ham butunlay qondirilgan bo’lishi lozim. Agar uyquga ketib ham bola ona ko’kragini qo’yib yubormayotgan bo’lsa, demak u hali onasiga to’ymadi. Oldidan ketishga shoshilmang. O’zingizni oshxonaga emas, balki butunlay bolaga bag’ishlang.
Chaqaloqning ilk 6 oyida uni imkon qadar ko’proq emizsangiz, ko’p quchog’ingizda olib yursangiz uning uyqusida muammolar bo’lmaydi. Onasiga va sutga to’ygan bola olti oydan so’ng bemalol tunda 8 soatdan ortiq uxlay oladi.
2. Uning qorni og’rimoqda. Buni bilish uchun bolani qorinini avval ishqalab ilitib olgan kaftingiz bilan asta soat strelkasi bo’ylab silang. Bola yig’idan tinib, uyquga ketayotgan bo’lsa, demak uni gazlar bezota qilgan. Yangi tug’ilgan chaqaloqning qorni dam bo’lmasligi uchun uni tez-tez bir necha soniyaga qorniga yotqazib turish lozim.
Hech qachon chaqaloqni qornida yotgan holida qarovsiz qoldirmang! Bir necha soniyada nafas olmay qolishi mumkin.
3. Chaqaloqda biron tibbiy muammo mavjud. Agar chaqalog’ingiz bir necha hafta davomida biron marta ham tinib uxlay olmayotgan bo’lib, uni kuni bilan emizib, qornini silasangiz ham foyda bo’lmayotgan bo’lsa, pediatr yoki bolalar nevrapotologiga ko’rsatib ko’ring.
4. Bolaning qorni kerakligicha to’ymayapti. Bu holat sun’iy sut bilan emiziladigan bolalarda uchrashi mumkin. Sun’iy sutni qutichasida belgilangan miqdor va vaqt oralig’ida berish muhim. Ona sutini emayotgan bolaga sut kam kelayotgan bo’lsa, u o’zi kuni bilan onasini emib sut miqdorini ko’paytirib oladi. Ikki-uch kunda onaning organizmi o’sayotgan bola organizmiga moslashib, ko’proq sut ishlab chiqara boshlaydi.
5. Bola bezotalanmoqda. Agar chaqaloq kun mobaynida vaqtida emmay, vaqtida uxlamagan bo’lsa, tunda xarshaxa qiladi. Bola tunda yaxshi uxlashi uchun, kun mobaynida tinch bo’lishi lozim. Uyga mehmonlar kelib ketishi, onasining o’rniga chaqaloqni birovlar qo’lma-qo’l olib yurishi uni bezotalantiradi. Bu esa uyqusiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
6. Tanasida biron g’ashiga teguvchi omil mavjud. Chaqaloq uxlolmayotganida uni yalong’och qilib tanasini ko’zdan kechirib chiqing. Barmog’ida soch o’ralib qolgan, oyog’ida chumoli o’rmalashgan yoki boshqa shu kabi omillar uni qiynayotgan bo’lishi mumkin.
Normada yangi tug’ilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi?
Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, ko’pi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Kunu — tun mobaynida o’rtacha 14-17 soat uxlaydilar.
Chaqaloqda tun va kun almashib qolishi mumkinmi?
Ha, mumkin. Shuning uchun chaqaloq kunduzi uxlaganida onasi ham uxlab olishi kerak. Aks holda tunda bolaga e’tiborli bo’lishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq bo’ladi.
Chaqaloq juda ko’p uxlashi zarar emasmi?
Agar bola jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan bo’lsa,
Unda biron noodatiy holatlar namoyon bo’lmayotgan bo’lsa,
Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan bo’lsa,
Uning tagliklari muntazam ravishda xo’l bo’lib, ichi muntazam ravishda kelayotgan bo’lsa,
uning ko’p uxlashi muammo emas.
Bir oylik chaqaloq 4-5 soatdan ortiq uxlasa, uni uyg’otib emizib olish zarur.
Quyidagi hollarda darhol tez yordam chaqirish talab etiladi:
>Bola kuni bilan uxlab nafasi borgan sari sekinlashib bormoqda;
>Chaqaloqning rangi oqarishni, ko’karishni boshlamoqda;
>Bolaning qovurg’alari terisi nafas olish jarayonida qovurg’alarga yopishib qolmoqda;
>Chaqaloqning tana harorati oshib bormoqda;
>Sizning nazaringizda chaqaloq biron narsa yutib yuborgandek bo’lsa

Оставьте комментарий