DЕKRЕT DЕKRЕTGA ULANIB KЕTSA YANA DЕKRЕT PULI TO‘LANADIMI.

DO`STLARGA ULASHING:

DЕKRЕT DЕKRЕTGA ULANIB KЕTSA YANA DЕKRЕT PULI TO‘LANADIMI.

⚡️SAVOL;
Men hozirda dekret ta’tilidaman. Bu yil yanvar oyidan ishga qaytmoqchi edim. Lekin yana farzand kutayapman. Dekretdan yana dekretga chiqsam bo‘ladimi? Agar buni iloji bo‘lsa, menga yana dekret puli to‘lab beriladimi ?

⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 08.05.2002 yil kungi buyrug‘i bilan tasdiqlangan 1136-son nizomda, xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi deb ko‘rsatilgan.

✅ Ya’ni, sizga hozirgi holatingizda yana mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochiladi va yuqoridagi asosga ko‘ra mehnatga layoqatsizlik varaqangizda ko‘rsatilgan barcha kunlar uchun sizga dekret puli xisoblab to‘lanishi kerak.

Оставьте комментарий