DOIMIY UYQU KЕLISHI NORMAMI?

DO`STLARGA ULASHING:

#DOIMIY UYQU KЕLISHI NORMAMI?

#Inson organizmi kunduzi tetik bo‘lishi va kechasi uxlashi kerak. Sog‘lom kechki uyqu kuch to‘plash uchun muxim. Ayrim paytlarda inson organizmining butun kun davomida uyquchanlik xolati kuzatiladi va bu xolat norma xisoblanadi.
#Uyquchanlik xolatining tez-tez takrorlanishi va doimiy tusga o‘tishi inson organizmi ishidagi muammolarning belgisi bo‘lishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

#Doimiy uyquchanlik ikkita yoqimsiz va xavfli xarakteristikaga ega:

#Xayot sifatini xavfli darajada pasayishiga olib keladi: uyquchanlik xolatidagi e’tiborsizlik avariya va shikastlanishlarga sabab bo‘ladi, ish unumdorligi pasayadi, kayfiyat buziladi, energetik pozitiv tonus kamayadi.

#Xayotiy muxim a’zolar faoliyatini buzilganini bildiradi: uyqusizlik va uyqu buzilishini boshqa turlari qatorida fiziologik kasalliklar va nerv tizimi patologiyasidan darak beradi, depressiyani anglatadi.

#Tetik kayfiyat va faol xolatni qaytarish uchun nima sababdan uyquchanlik xolati rivojlanganini aniqlash va uni yo‘qotishni talab etadi.

#Doimiy uyquchanlik normal xolatmi?

#Quyidagi xolatlarda doimiy uyquchanlik sog‘lom organizmlarda xam kuzatiladi:

#O‘ta issiq, bulutli yoki yomg‘irlik kunlarda;

#Xavosi dam va kam yoritiladigan xonalarda;

#Ayollarda xayz siklini ayrim kunlarida va xomiladorlikda.

#Qolgan vaziyatlarda tinmay kunduzi uyqu kelishi sababini ma’lum bir maxsus diagnostik usullar yordamida aniqlash kerak bo‘ladi.

#Nima sababdan doimo uyqu kelaveradi?

#Bu savolga javobni umumlashtirilgan xolda quyidagi guruxlarga bo‘lgan xolda sababini keltirish mumkin:

#Uyquni buzilishi (kechasi uxlamaslik, kechki apnoye-nafasni to‘xtab qolishi);

#Narkolepsiya (Jelino kasalligi) – kam uchraydigan kasallik bo‘lib, birdaniga kuzatiladigan uyqu xurujlari bilan xarakterlanadi;

#Mavsumiy affektiv buzilishlar — (kuz-qish mavsumida kunning yorug‘ davri qisqarishi xisobiga yaxshi kayfiyat gormoni-serotoninni kamayishi va uyqu gormoni – melotoninni ortishi bilan tushuntiriladi;

#Somatik kasalliklar – qadimgilar aytganidek «kasallik uyqu yordamida tuzaladi» iborasi kabi, organizm majburiy uyqu talab qiladi.