DO`STLARGA ULASHING:
DUGONAJONLAR
Og‘a-ini, opa-singlarim siz,
Dardim olgan dardkash, sirdoshlarim siz,
Siz hayotim, yaqin qondoshlarim siz,
Omonmisiz siz dugonajonlarim.
Yaxshi yomon kunlarda, birga yurgan,
Biz bormizku, qo‘rqma deb, qo‘llab turgan,
Chaqchaqlashib orzu hayollar surgan,
Siz borimsiz siz dugonajonlarim.
Ne qilsam ham qo‘llagan siz do‘stimsiz,
Yaxshi insonim, buyugim, baxtimsiz,
Unutmagan mening bu omadimsiz,
Yaqinimsiz siz dugonajonlarim.
Havas bilan boqsin, ko‘rishmaganlar,
Ibrat olsin sizu bizni, ko‘rganlar,
Aslo tark etmasin, omadli qalblar,
Omonmisiz, siz dugonajonlarim.
Baxtimga sog‘-bo‘ling dugonajonlarim.