Dunyoning eng katta futbol stadioni

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoning eng katta futbol stadioni

3-o’rinda “Spotify Kamp Nou”. Ispaniya
Mazkur futbol stadioni Ispaniyaning “Barselona” klubiga tegishli. Stadionning sig’imi 98 ming 872 kishini tashkil etadi. Ushbu inshoot 1957-yilda qurilgan.

2-o’rinda «Melburn Kriket Graund». Avstraliya.
Avstraliya futbol terma jamoasining asosiy stadioni hisoblangan mazkur arena 100 ming muxlisni sig’dira oladi. Shuningdek 1956-yilgi Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimi ushbu stadionda o’tkazilgan.

1-o’rinda 1-may stadioni. Shimoliy Koreya
150 ming tomoshabinga mo‘ljallangan 1-may stadioni 22 500 kvadrat metr maydonni o‘z ichiga oladi. U sakkiz qavatli bo‘lib, tomi 60 m balandlikda joylashgan. 1989-yil qurilgan.

Оставьте комментарий