Elektromobillardagi maksimal tezlik limiti nimaga qarab olinadi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Elektromobillardagi maksimal tezlik limiti nimaga qarab olinadi ?

Byd Han 3.9s ichida 100 km/soat tezlikka chiqa oladi , lekin uning maksimal tezligi 180 km/soatni tashkil etadi. O’ylashingiz mumkin bunaqa tez yuzga chiqadigan mashina kamida 300 km/soat tezlikka chiqa olishi kerakku deb. Aslida unday emas, elektromobil motori ichki yonuv dvigateliga o’xshab 250 yoki 300 km/soat tezlikkacha chiqa olib ham zavod bergan standartlar doirasida qola oladigan «performance» ni bera olmaydi. Qanday desangiz sababi oddiy:

Elektmobil batareyasi tezlikka qarab aniq bir yurish oralig’iga ega. Masalan BYD HAN sovuq kunlarda shahar sharoitida 455km , uzoq masofalarda 345km , aralash sharoitda esa 400 km masofani bosib o’tishi mumkin va ishlab chiqaruvchi tomonidan shunday ko’rsatkichlar mashina qo’llanmasida ko’rsatilgan. Lekin bu ko’rsatkichlarni aytilgan limitdan yuqoriroq haydab yanada kamaytirish mumkin. Lekin unday holatda endi mashina standartlarga javob bermaydi. Standartlar deganda elektromobil batareyasining hayoti, yurish oralig’i, batareyaning haddan tashqari isib ketishi, shinalarning tezlikka bardosh bera olish qobiliyati va boshqalar. Mana shu sabablarni hisobga olgan holda ishlab chiqaruvchilar elektromobil uchun aniq bir garantiya berishadi qachonki siz shu limit oralig’ida yursangiz. Marketing jihatidanam agar mashina komfort sifatlari bilan mashhur bo’lsa va sport xarakteriga egaligi savol ostiga olingan bo’lsa demak uning tezlik uchun yaratilmagani ochiqlanadi. Sababi mijozlarning aniq bir talabidan kelib chiqib EVlar ham dizaynlashtiriladi.

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий