ELOKOM mazi

DO`STLARGA ULASHING:

Elokom maz

#Элоком маз

?Dori shakli : maz ( surtma)

?Tarkibi : mometazon furoat

?Ta’sir qilishiga ko’ra ?

Yallig’lanishga qarshi , qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi vosita hisoblanadi.

?QO’LLANILISHI ?

— Teri sirtidagi mahalliy yallig’lanish kabi holatlarda

— Terining qichishish xolatlarida

— Psoriaz kabi teri kasalligida

— Dermatitda qo’llaniladi

— Dermatoz kabi teri kasalligida kuzatiladigan teri qichishishida va yalliglanish holatlarida

— Atopik dermatitda qo’llaniladi

?QO’LLASH USULI ?

Preparatni kuniga 1 mahal terining shikastlangan sohasiga yupqa qilib suriladi.

Qo’llashdan oldin teri quruq bo’lishi kerak.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Dermatit

— So’rilish joyida mahalliy og’riq

— Husnbuzar toshmalar

— Achishish

— Terini ta’sirlanishi

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda

— Jinsiy a’zolar va ular yaqinidagi teri sohasining qichishishida mumkin emas

— Gerpes virusi chaqirgan yaralarda

— Sifilis kabi teri kasalligida vs vaksinadan keyingi holatlarda qo’llash mumkin emas

— Suvchechak va o’rab oluvchi temiratki kabi teri kasalligida

— Virus ,zamburug’, va bakteriyalar chaqirgan yara kasalligida mumkin emas.

— Ko’zga , qovoq sohasiga yaqin joydagi teri sohasiga qo’llash mumkinmas

?ADMIN MASLAHATI ?

▶Preparatni homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo’llang.

▶2 yoshdan kichik bolalarga qo»llash mumkin emas.

——————————————————-

ELOKOM MAZI ANALOGLARI ?

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Belgiya

@Farmakologiya_TTA

,,ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий