Eng yaxshi fayl menejeri

DO`STLARGA ULASHING:

Eng yaxshi fayl menejeri 🗃
💾 Total Commander – oddiy, lekin ko‘p funksiyali interfeysga ega bo‘lgan, sodda va qulay fayl menejeri. Fayllar bilash ishlashda odatda qo‘llaniladigan: nusxalash, ko‘chirib o‘tkazish, o‘chirish, qayta nomlash kabi amallardan tashqari, arxivlar bilan ishlash, FTP’ga ulanish, fayllar guruhi bilan ishlash, kengaytirilgan qidiruv hamda fayl va papkalarni guruhlash dastur tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Sozlanishi mumkin bo‘lgan ikki panelli interfeys: panellarning o‘lchamini o‘zgartirish, ularni fayllarning xususiyatlariga moslab sozlash, shuningdek turli xil dastur va tizim vositalariga tezkor murojaat etish uchun o‘z tugmalarimizni qo‘shish imkoniyatini beradi.
Total Commander funksionalligini plaginlar yordamida kengaytirish mumkin. Muayyan turdagi fayllarni ajratib olish (распаковка), fayllar tarkibini tomosha qilish, tashqi va tarmoq qurilmalari bilan ishlash va fayllar haqida turli ma’lumotlarni olish uchun plaginlar mavjud.
Dasturning Android uchun talqini ham bor bo‘lib, u kompyuter talqinining asosiy funksiyalarini o‘ziga jamlagan. Superfoydalanuvchi (superuser) kengaytmasi Android-qurilmalar bilan root-huquqlari (https://t.me/itspecuz/2450) ostida to‘laqonli ishlashni ta’minlaydi. Root-funksiyalar Total Commander’ga /system yoki /data kabi tizimli papkalarga yozuvlar kiritish imkonini beradi.
🌐 Dasturning rasmiy veb-sahifasi (https://www.ghisler.com/download.htm).

Оставьте комментарий