Wi-Fi hech kimga ko’rinmaydigan qilib qo’yish

DO`STLARGA ULASHING:

Uyingizdagi Wi-Fi routeringiz signalini xavfsizlik nuqta’iy nazaridan hech kimga ko’rinmaydigan qilib qo’yishni istaysizmi?

Buning uchun:

1. Wi-Fi’ga ulanasiz, yoki routeringizni kabel orqali kompyuteringizga ulaysiz.

2. So’ng internet-brauzeringizni ochib, «Wi-Fi» routeringizning orqa tarafidagi IP adresni (192.196. …) brauzerga kiritasiz. Login va parol ham routeringiz orqasida bo’ladi.

3. Kengaytirilgan «Wi-Fi» xavfsizlik sozlamalarini tanlaysiz va SSID yonidagi ✔️ tugmani bosasiz.

4. Wi-Fi signalini yashiringanini tekshiring va saqlash tugmasini bosing.

Uni topish va ulanish uchun esa, qurilmadan «добавить сеть» ya’ni «tarmoq qo’shish» tugmasini bosib, Wi-Fi nomini kiritasiz va parolini terasiz. Shunda Wi-Fi routeringizga faqat sizning ruhsatingiz bilan boshqalar ulanadigan bo’ladi 😊

👉 @ITStarsUz

Оставьте комментарий