«Erdan Uruch — ekvatorni inson kuchi yordamida to’laligicha aylanib chiqqan ilk inson»

DO`STLARGA ULASHING:

«Erdan Uruch — ekvatorni inson kuchi yordamida to’laligicha aylanib chiqqan ilk inson»

Erdan Uruch — Nikosiyada tavallud topgan millati turk Kiprlik sayohatchi. U ilk bor ekvatorni aylanib chiqqan inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. U quruqlikni velosiped bilan suvlarni esa eshkak eshib, daryolarda baydarka yordamida o’z kuchi bilan Yer sharini aylanib chiqqan.

Ginnesning rekordlar kitobi Eruchni 5 yil 11 kun 12 soat 22 daqiqa davom etgan sayohatda «Inson kuchidan foydalangan holda Yer yuzini birinchi yakka aylangani» uchun rasman tan olgan. U dastlab Tinch, keyin Atlantika va oxirida Hind okeanini qayiq bilan eshkak eshib kesib o’tgan.

Bundan tashqari u 2003-yil Denali tog’ini, 2010-yil Avstraliyadagi Kastyushko cho’qqisini va 2011-yil Afrikadagi Kilimanjaro tog’ini ham zabt etgan.

Reaksiya qoldirishni va kanalga do’stlaringizni taklif qilishni unutmang:

Do’stlaringizga ham ulashing:

@engengeng888

Оставьте комментарий