-
O‘smir qizlarga tavsiyalar
-
Faqat qizlar o‘qisin: Yigitlar uylanishni istamaydigan QIZLAR
-
Erkaklar gapirishni istamaydigan, ammo indamay aziyat chekadigan muammo
-
Qaysi mahsulotda qanday vitamin mavjud?
DO`STLARGA ULASHING:
Zamonaviy oʻzbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻildi. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan oʻtib, boʻlgʻusi shoir togʻasi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi.
Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotlarda, “Yoshlik” jurnalida xizmat qildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qoʻmitasi rahbari, Oʻzbekiston Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritdi.
Uning birinchi sheʼri 14 yoshida, 7-sinfda oʻqib yurgan kezlarida chop etildi.
“Tong nafasi” (1961), “Mening yulduzim” (1964) kabi dastlabki toʻplamlarini nashr ettirdi.
-
Vohidov ijodida gʻazal, qasida, muxammas kabi janrlarga qoʻl urib, mumtoz adabiyot tajribalarini yanada boyitish, yanada mukammallashtirishga intildi. Ayniqsa, “Yoshlik” (1969) devoniga kirgan sheʼrlar bu jihatdan eʼtiborlidir.
Пингбэк: cc dumps shop