Fan o‘qituvchisi endi darsni o‘tiboq Kundalik.com’ga baho va belgilarni qo‘yishi kerakmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Fan o‘qituvchisi endi darsni o‘tiboq Kundalik.com’ga baho va belgilarni qo‘yishi kerakmi?

Ko‘pchilik pedagog xodimlar fan o‘qituvchi darsni o‘tiboq Kundalik.com’ga baho va belgilarni qo‘yishi kerak ekan deb o‘ylayapti. Yo‘q unday emas. Hozir buni tushuntiraman.

Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 24 iyundagi 205-son buyrug‘i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan ko‘rsatmalarning 11-bandida «o‘z vaqtida» degan jumla ishlatilgan. Bunda o‘qituvchilar o‘quvchilarni baholashga jismonan ulgurmay qolishlari mumkinligi ham hisobga olinib, buning uchun alohida imkoniyat berilgan.

Ya’ni, bir smenali maktabda ishlaydigan o‘qituvchilar ertalab soat 9:00 dan 21:00 gacha, ikki smenali maktabda ishlaydigan o‘qituvchilar esa joriy kundan boshlab, ertasi kuni soat 13:00 ga qadar o‘quvchilarni baholashi mumkin.

Bu degani o‘qituvchiga deyarli bir kun muddat beriladi. Shu sababli o‘qituvchi texnik sabablarga ko‘ra dars o‘tayotgan vaqtda o‘quvchilarni balolashga ulgurmasa, qo‘shimcha vaqtdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar o‘qituvchi shu belgilab berilgan vaqt oralig‘ida ham o‘quvchilarni baholamasa, ana o‘shanda ularga ish haqi to‘lanmasligi mumkin.

(c) Xalq ta’limi info (# (https://t.me/xalqtaliminfo/3639))

Оставьте комментарий