“FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsulotidan ogoh bo‘ling!

DO`STLARGA ULASHING:

Ozishda yordam berishi aytilayotgan “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsulotidan ogoh bo‘ling!
“Cemirish, homiladorlikdan keyingi semirish va qorin osilishlari, ortiqcha ovqatlanish, garmonal buzilishlar ro‘y berganda ortiqcha vazn bilan kurashishning eng xavfsiz va samarali vositalaridan biri” deya internet tamoqlarida sotilayotgan (https://fatzorb.uz/index-uz.html) “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsulotidan ogoh bo‘ling!!!
Tarkibi 100% tabiiy giyohlardan tayyorlangan, organizmga hech qanday zarari yo‘q mahsulotligi aytilib sotilayotgan ushbu mahsulot tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi sibutramin (!) moddasi borligini bilacizmi?
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan va ashyoviy dalil sifatida olingan “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsuloti tarkibida (Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi xulosasiga ko‘ra) sibutramin moddasi mavjudligi aniqlangan.
Yuqoridagi holat bo‘yicha Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsulotining tarkibi va miqdorini qayta ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga (Respublika sud ekspertizasi markazi xulosasi ilova qilingan holda) yo‘llagan murojaatiga muvofiq, Agentlik huzuridagi Davlat markazida (https://www.uzpharm-control.uz/) qayta laboratoriya tahlillari amalga oshirildi.
Davlat markazining Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi eksperti xulosasidagi ma’lumotga ko‘ra, kapsulalarda sibutramin gidroxlorid monogidrat (https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B8%D0%B1%D1%83%D1%82%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8%D0%BD) moddasi borligi aniqlandi.
Ta’kidlash joiz, sibutramin Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/4532164) bilan tasdiqlangan Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan. Lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud bo‘lgan “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsuloti dori vositasi sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Shuningdek bu mahsulot SSVning Xavfsizlik parametrlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilgan biologik-aktiv ozuqa qo‘shimchalari (BFQ) ro‘yxatida (https://ssv.uz/uz/documentation/havfsizlik-parametrlari-bjicha-ekspertizadan-tkazilgan-biologik-aktiv-ozua-shimchalari-rjhati-) ham mavjud emas!
Amaldagi tartibga ko‘ra, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun qonunchiligimizda ma’muriy (https://lex.uz/docs/97664#2258153) va jinoiy javobgarlik (https://lex.uz/docs/111453#4914319) belgilangan.

Оставьте комментарий