Favicon nima?

DO`STLARGA ULASHING:

Favicon nima?

ℹ️ Favicon-lar — bu URL, link, veb-sayt yoki veb-sahifa piktogrammalaridir. Biror-bir saytga kiradigan bo’lsangiz, yuqoridagi tab-da o’sha saytning nomi va piktogrammasi bo’ladi (1-rasm).

🧑‍💻 Favicon-larni veb-dasturchilar saytga bog’laydilar va shundan so’ng brauzerlarda sayt piktogrammalari ko’rinadi.

🥇 Ilk favicon-lar 1999-yili Microsoft-ning Internet Explorer-ida qo’llanila boshlagan.

✅ Agar sizga biror-bir sayt favicon-i kerak bo’lsa, uni quyidagicha olish mumkin:

1️⃣ Istalgan bir saytga kiring. Masalan: www.google.com

2️⃣ Sayt manziliga /favicon.ico so’zini qo’shing va Enter tugmasini bosing (https://www.google.com/favicon.ico)

⬇️ So’ng chiqqan suratni saqlab oling.

Оставьте комментарий