Fitrat (1886–1938)

DO`STLARGA ULASHING:

Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, sanʼatshunos va jamoat arbobi sifatida munosib oʻrin olgan.
U 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida tugʻilgan. Buxoro, Istanbul madrasalari va dorilfununlarida oʻqigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi oʻzlashtirgan.
Adibning otasi savdo ishlari bilan shugʻullanib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U, asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida boʻlgan. Sharq adabiyotini yaxshi bilgan Mustafo bibi farzandini Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi benazir shoirlarning gʻazallaridan xabardor qilgan.
Fitrat 1909 yili Turkiyaga oʻqishga borib, 1913 yilgacha Istanbul dorilfununida tahsil oladi. Turkiyada tashkil topgan “Buxoro taʼlimi maorifi” uyushmasida faollik koʻrsatadi. Uning ilk sheʼriy toʻplami 1911 yilda “Sayha” (“Chorlov”) nomi bilan chop etiladi. “Sayyohi hindi”, “Munozara” kabi asarlari ham shu davrda Turkiyada bosilib chiqadi.
Turkiya dorilfununi tahsili (1909–1913) yillarida jadidchilik gʻoyalari bilan tanishib, shu gʻoyalar taʼsirida qator asarlar yozadi. Fitrat ijodining boshlanishi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, milliy uygʻonish davrlariga toʻgʻri keladi. U 1913 yili fors-tojik tilida yaratgan “Munozara” asarida Buxoro amirligida avj olgan diniy jaholat va xurofot taʼsirida qoloqlikda qolgan mamlakatning inqirozi sabablarini ochib tashlaydi. Bu davrda Ovrupo fani va madaniyatini targʻib qilish ham Fitrat maʼrifatparvarligining muhim yoʻnalishini tashkil etadi.
Fitrat 1917 yili “Hurriyat” gazetasini tashkil etib, unda xalqni istiqlol uchun kurashga daʼvat etuvchi sheʼr va maqolalarini eʼlon qiladi. Jumladan, “Yurt qaygʻusi” nomli sheʼr va sochmalarida Turkiston hurligi uchun kurashga bel bogʻlagan lirik qahramonning “Men sen uchun tugʻildim, sen uchun yasharman, sening uchun oʻlarman, ey turkning muqaddas oʻchogʻi!” degan daʼvati baralla eshitiladi. Fitrat faqat yetuk shoir, publitsist va hikoyanavisgina emas, yetuk dramaturg sifatida ham badiiy madaniyatimiz tarixidan mustahkam oʻrin egalladi. Uning “Qon”, “Begijon”, “Temur sagʻanasi”, “Oʻgʻizxon”, “Abo Muslim”, “Hind ixtilolchilari”, “Chin sevish” kabi dramalarida milliy mustaqillik uchun kurash gʻoyasi yorqin ifodasini topgan.
1922 yili nashr etilgan “Oʻzbek yosh shoirlari” toʻplamida Choʻlpon, Elbek bilan birga Fitratning ham bir qator sheʼriy asarlari ilk bor oʻzbek oʻquvchisiga havola etilgan. U mazkur toʻplamga kirgan “Mirrix yulduziga”, “Behbudiyning sagʻanasini izlab”, “Sharq”, “Shoir” kabi sheʼrlarida millatparvarlik, vatanparvarlik pozitsiyasida qatʼiy turganini yana bir bor namoyish etadi; oktyabr toʻntarishidan keyingi voqealarning gʻayriinsoniy mohiyatini fosh qiladi. Shoir ijodi va dunyoqarashidagi ana shu hol keyin ham susaymaydi, “Abulfayzxon”, “Arslon” va “Voseʼ qoʻzgʻoloni”, “Shaytonning tangriga isyoni” kabi dramalarida yanada chuqur ifodasini topadi. Uning “Qiyomat” hikoyasida diniy fanatizm ijtimoiy taraqqiyotga toʻsiq boʻlgan kuch sifatida fosh etiladi.
Fitrat yirik adabiyotshunos olim sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, “Adabiyot qoidalari”, “Aruz haqida” kabi ilmiy risolalari, “Eski oʻzbek adabiyoti namunalari” singari tazkiralari oʻzbek adabiyotshunosligi fanining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Shuningdek, Umar Xayyom, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari adabiyotimiz tarixini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi. U Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy kabi oʻndan ortiq diniy-maʼrifiy adabiyot vakillari haqida ham maqolalar yozib, adabiyotimiz tarixidagi ularning oʻrni va ahamiyatini belgilab beradi.
Fitrat, ayni paytda, davlat va jamoat arbobi sifatida ham keng faoliyat yuritgan. Jumladan, 1921–1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri boʻlib xizmat qilgan. 1923–1924 yillarda esa shoir Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib, maʼruzalar oʻqiydi. Fitratning oʻzbek tili grammatikasiga oid darsliklari 1925–1930 yillarda besh marta chop etilgan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻyicha olib borgan tadqiqotlari uchun Fitratga oʻzbek olimlari orasida birinchilardan boʻlib professor unvoni berilgan.
Fitrat ham mustabid tuzum tazyiqi ostida 1937 yilda hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrda otib tashlangan. Fitrat nomi va ijodi garchi, 60-yillarda oqlangan boʻlsa ham, faqat istiqlol davriga kelib roʻshnolik yuzini koʻrdi. Uning “Chin sevish” toʻplami (1996) nashr etildi. Shuningdek, soʻnggi yillarda uning besh jildlik “Tanlangan asarlar”i ham chop etildi (2000–2010). Eng muhimi, fitratshunoslik borasida oʻnlab dissertatsiyalar, yuzlab ilmiy maqola va risolalar yaratildi.
1991 yil 25 sentyabrda milliy ozodlik yoʻlida koʻrsatgan jasorati, oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Fitratga vafotidan keyin Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan

19 комментариев к “Fitrat (1886–1938)”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: helpful site

  3. Уведомление: real dumps pin shop

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: Overwatch cheats

  6. Уведомление: dumps pin legit

  7. Уведомление: 토토샤오미

  8. Уведомление: Alexa Nikolas police report

  9. Уведомление: dmt plants for sale​

  10. Уведомление: go right here

  11. Уведомление: click site

  12. Уведомление: Plantation Shutters

  13. Уведомление: Pink Lemonade 1.2g Wax Infused Pre-Roll

  14. Уведомление: Albino Penis Envy Mushroom Psilocybin

  15. Уведомление: why not check here

  16. Уведомление: his comment is here

  17. Уведомление: สล็อต

  18. Уведомление: 티비위키

  19. Уведомление: โรงรับ จํา นํา โฉนด ที่ดิน

Комментарии закрыты.