DO`STLARGA ULASHING:
Ilhom faqat ish vaqtida keladi
*
Atrofimizda shunday ajoyib, fantastik narsalar bor. Yozuvchilar esa ahamiyatsiz, kundalik voqealarni behuda tasvirlab o‘tirishadi.
*
Baxt davolashi mumkin bo‘lgan narsani davolaydigan dori yo‘q.
*
Jilmay! Tashvish-mashaqqatlar rohatlanishiga yo‘l qo‘yma.
*
Uzoq kutayotgan yana ozgina kutishi mumkin.
*
Men boy emasman. Men puli bor kambag‘alman. Ikkalasi boshqa-boshqa tushuncha.
*
Odam bir martagina dunyoga kelmaydi, hayot uni qayta-qayta yangidan tug‘ilishga majbur etadi.
*
Odamning urushdagi hislarini tasvirlashga birgina “qo‘rquv” so‘zi yetarli bo‘lib turganda, shuncha so‘zni uvol qilishning nima keragi bor?
*
Oilaviy hayotda mayda g‘idi-bidilardan ko‘ra katta halokatlardan qutulish osonroq.
*
Yaxshi ishtaha uchun yomon ovqat yo‘q.
*
Kerak bo‘lmay qolgan vaqtdagina bilim va aql bizni yo‘qlab keladi.
*
O‘tgan baxtli kunlar haqida alam va afsuslanishlarsiz o‘ylay olish – juda g‘alati xususiyat.
*
Hamma narsaning joni bor. Faqat uning qalbini uyg‘otish kerak, xolos.
Orif Tolib tarjimasi