DO`STLARGA ULASHING:
Galley kometasi — insoniyat tarixida eng mashhur kometalardan biri bo‘lib, u Quyosh atrofini doimiy aylanishda davom etadi va taxminan har 76 yilda Yerga yaqinlashadi. Eng so‘nggi ko‘rinishi 1986-yilda bo‘lgan, navbatdagisi esa 2061-yilga to‘g‘ri keladi.
Ushbu kometa o‘z nomini ingliz astronomi Edmond Galley sharafiga olgan. U 1705-yilda bu kometaning harakatini hisoblab chiqib, uni qayta qaytib kelishini bashorat qilgan va bashorati to‘g‘ri chiqqan!
Galley kometasi Quyoshga yaqinlashganda, uning yuzasidagi muzlar erib, uzun yulduzsimon dumi paydo bo‘ladi. Aynan shu dumi bilan u boshqa osmon jismlaridan farq qiladi.
NASA va Yevropa kosmik agentligi 1986-yilda kometani yaqinroqdan o‘rganish uchun maxsus kosmik apparatlar yuborgan. Bu insoniyat tarixidagi ilk “kometaga tashrif” bo‘lgan.
