DO`STLARGA ULASHING:
Assalomu Aleykum hurmatli yordam.uz foydalanuvchilari!
Men Gps navigatorlar google map boyicha loyiha boshlayotgan edim. Shuning uchun ozroq tushuncha kerak bo’lyapti.
Agar biladiganlar bo’lsa:
Gps Navigatorlar nima?
Qanday ishlaydi ?
qanaqa algoritmlarga asoslangan ?
O`zbekistonda qanday gps navigatorlar bor, ishlashi chet elda qanday?
Shular haqida ma’lumot kerak biladiganlar bo’lsa iltimos yozinglar. Agar saytlarni havolalari bo’lsa ham mayli kirib o’rganish uchun.
Oldindan kattakon Rahmat.
1. GPS qurilmasi sun’iy yo‘ldoshga bog‘langan holda vaqt, kenglik va uzunlik, (longitude&latitude), dengiz sathidan balanligi va shunga o‘xshash ma’lumotlarni beradi.
2. Siz u ma’lumotlarni olib qayta ishlaysiz. Tahminan soniyasiga 10 marta ma’lumot olib, uni MO (baza)ga saqlaysiz.
3. Google Maps yoki OpenStreetMap orqali sun’iy yo‘ldoshdan tushirilgan rasm yoki oddiy xarita shaklidagi rasmlarni olasiz.
Misol qilib Android telefondagi GPS Navigatorni oladigan bo‘lsak, smartfonning GPS qurilmasi orqali qayerda joylashganini so‘rab turadi. Deylik har soniyada yoki 1 soniyada 10 marta. Qayerdaligi haqidagi javobni olavergach, avvalgi joylarga qarab, dasturning o‘zi hisoblaydi. Siz xaritadan qayerdaligini ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz eng ko‘p tarqalgan Google Maps yoki OpenStreetMap xaritalaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi. Google Maps’ning APIsi ma’lum bir so‘rovlardan keyin pullik bo‘ladi. Ushbu API tizimlari ko‘chalarni ham yo‘nalishini beradi. Siz GPS koordinatalarini ko‘rsatib yaqin ko‘chalarni hisoblab, navigator ishlab chiqishingiz mumkin.
23 комментария к “GPS Navigatorlar”
Обсуждение закрыто.