Grin karta anketasini to‘g‘ri to‘ldirish sirlari

DO`STLARGA ULASHING:

Grin Karta dasturiga ishtirok etmoqchi bo‘lganlar uchun 2022-yilning 6-oktabrdan dvprogram.state.gov sayti orqali mustaqil ariza to‘ldirish imkoniyatlari yaratildi. Ariza to‘ldirayotganda aynan nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yaqindan tanishib olsak.
Birinchidan, anketa to‘ldirishga faqatgina 30 daqiqa ajratilganligi sababli, quyidagilarni aniqlashtirib oling.
Elektron surat nusxasi;
Pochta indeksingiz;
Elektron pochtangizning mavjudligi;
Mavzuga oid: xorijiy safar uchun pasport olish tartibi qanday?
Anketa savollarini to‘ldirishda as qotadigan maslahatlar:
1. Last/Family Name – familiya; First Name – ism. Middle Name – ikkinchi ism, bu o‘zbekistonliklarga taalluqli emas, shu sabab No Middle Name deya belgilash lozim.
2. Jinsingizni ko‘rsating: Male – erkak; Female – ayol.
3. Tug‘ilgan sana (raqamlarda kiritiladi): Month – oy, Day – kun, Year– yil. E’tibor bering, birinchi bo‘lib oy yoziladi.
4. Siz tug‘ilgan shahar. Shahar yoki aholi punktining nomi lotin alifbosida, «tumani», «shahri» kabi so‘zlar kiritilishi lozim.
Agar tug‘ilgan shahringiz noma’lum bo‘lsa, Birth City Unknown (Tug‘ilgan shahri ma’lum emas) katakchasini belgilang.
5. Siz tug‘ilgan mamlakat. Ro‘yxatdan O‘zbekistonni tanlaymiz (Uzbekistan).
6. Oltinchi band tug‘ilgan davlati lotereyada qatnashadigan davlatlar ro‘yxatida bo‘lmagan shaxslar uchun. O‘zbekiston fuqarolariga katak avtomatik tarzda belgilanadi.
7. Pasport ma’lumotlari. 1-banddagi kabi ism va familiyangizni kiritib, No Middle Name katagini belgilaysiz.
Passport Number – xorijga chiqish biometrik pasportingiz seriya va raqami;
Passport Expiration Date – pasportning amal qilish muddati (oy, kun, yil tartibida);
Country/Authority of Issiance – pasport O‘zbekiston tomonidan berilgan.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 7-bandning «B» qismi katakchasini belgilab, birinchi variantni (Stateless – fuqaroligi yo‘q) tanlashlari kerak bo‘ladi.
8. Fotosurat. O‘zingizning oxirgi 6 oy ichida tushgan suratingizni joylang. (foto JPEG formatda, maksimal 240 KB hajmda, o‘lchami 600×600dan 1200×1200gacha piksel oralig‘ida, 24 bit rang chuqurligida bo‘lishi lozim);
Surat talablari haqida quyidagi manba orqali bilib olishingiz mumkin.
9. Pochta manzili.
In Care Of – bu yerga pochta manzilidagi shaxsning ismi va familiyasi yoziladi. Unga o‘zingizning ism-familiyangizni yozsangiz ham bo‘ladi.
Address Line 1 – ushbu bandda ko‘cha nomi, uy va xonadon raqami ko‘rsatiladi. Joy yoki ko‘cha nomi birinchi qatorga sig‘magan taqdirda uni Address Line 2 yozishingiz mumkin.
City/Town – yashash joyining nomi.
District/Country/Province/State – tuman / o‘lka / viloyat / okrug (shtat) nomi.
Postal Code/Zip Code– pochta indeksi. Agar siz yashaydigan joyning pochta indeksi bo‘lmasa, No Postal Code/Zip Code katakchasini belgilab qo‘yasiz.
Pochta indeksingizni quyidagi fayl orqali bilib olishingiz mumkin.
10. Country Where You Live Today – Siz hozir yashayotgan mamlakat.
11. Phone Numer –telefon raqamingizni xalqaro formatda (+998901234567) kiritish lozim.
12. E-mail. Birinchi qatorga elektron pochta manzilingizni, ikkinchi qatorga shu manzilni qaytadan ko‘chirib yozing.
13. Bugungi kun holatiga siz egallagan ta’limning eng yuqori darajasi qaysi? Ko‘rsatilgan variantlardan birini tanlash lozim.
• Primary school only – faqat boshlang‘ich maktab
• High School, no degree – o‘rta maktab, lekin shahodatnomasi yo‘q
• High School, degree – o‘rta maktab, shahodatnomaga ega
• Vocational School – kasb-hunar kolleji
• Some University Courses – to‘liqsiz oliy (bakalavriat talabalari shu bandni tanlashadi)
• University Degree – oliy ma’lumot (bakalavr darajasiga ega fuqarolar uchun)
• Some Graduate Level Courses – bir qancha magistratura darajasidagi kurslar (magistratura talabalari shu bandni tanlashadi)
• Master’s Degree – magistr darajasi
• Some Doctorate Level Courses – Tugallanmagan aspirantura/doktorantura (aspirantura va doktorantura tadqiqotchilari shu bandni tanlashadi)
• Doctorate Degree – doktorant darajasi
14. Oilaviy holatingiz. Ko‘rsatilgan variantlardan birini tanlash lozim.
Unmarried – Hech qachon turmush qurmaganman.
Married and my spouse is NOT a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – Oila qurganman, turmush o‘rtog‘im AQSH fuqarosi emas yoki AQSHda yashash huquqiga ega emas.
Married and my spouse IS a U.S. citizen or U.S. Lawful Permanent Resident (LPR) – Oila qurganman, turmush o‘rtog‘im AQSH fuqarosi yoki AQSHda yashash huquqiga ega.
Divorced – Ajrashganman.
Widowed – Turmush o‘rtog‘im vafot etgan.
Legally Separated – MDH davlatlarida Legally Separated holatining yuridik asosi yo‘q, shu bois bu bandni belgilash suhbat jarayonida arizani rad etishga sabab bo‘lishi mumkin.
15. Number of Children – farzandlar soni. Bu yerga 21 yoshga to‘lmagan barcha farzandlaringiz sonini ko‘rsatasiz. Ushbu bandga farzandlaringiz sonini raqam bilan yozilib, bo‘lmagan taqdirda nol raqami kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, agar bandlarda turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz ko‘rsatilgan bo‘lsa, arizaning ikkinchi qismi ochiladi. Ikkinchi qismda ularning ma’lumotlarini yuqoridagidek to‘ldirilib borilishi shart
Barcha jarayonlar tugaganidan so‘ng, Continue tugmasi bosiladi. Shunda sizga arizangizni yana bir ko‘zdan kechirish uchun imkon yaratiladi. Barchasi joyida ekaniga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, yashil rangli Submit tugmasini bosishingiz mumkin.
Keyingi sahifada natija tekshirish kodi joy olganligi sababli uni darhol rasmga olish yoki chop etishingizni maslahat beramiz.
Lotereya natijalari taxminan 2023 yil 8 may kuni dvprogram.state.gov saytida e’lon qilinadi.

Оставьте комментарий