Kredit karta — do‘stmi yo dushman?

Kredit karta — do‘stmi yo dushman?

DO`STLARGA ULASHING:

Kredit karta — do‘stmi yo dushman?

Kredit karta — bu sizda yo‘q pulni vaqtincha ishlatish imkoniyati. Ya’ni, bank sizga ma’lum miqdorda pul beradi va sizning ishonchingizga tayangan holda harakat qiladi. Bu imkoniyatdan aqlli foydalansangiz, sizga foyda keltiradi.

Ammo, kredit kartasidan to‘g‘ri foydalanish shart va zarur. Sizga quyida 6 ta muhim qoida keltirib o’tamiz:

1️⃣Karta – bu sizning pulingiz emas

Kredit kartadan foydalanganingizda, pul sizniki emas, bankniki ekanligini yodda tuting. Bu – qarz va uni albatta qaytarishingiz kerak. Uni o‘z pulingiz deb hisoblab sarflash — eng katta moliyaviy xatolik.

2️⃣ Har oy imkon qadar to‘liq to‘lang

Bank sizga har oyda minimal to‘lov miqdorini yuboradi. Lekin faqat shu miqdorni to‘lasangiz, asosiy qarz qoladi va foizlar yig‘ilaveradi. Agar imkoningiz bo‘lsa, har oy qarzni to‘liq yoping.

3️⃣ Kechtirmang!

To‘lovni o‘z vaqtida qilmaslik — bu nafaqat qo‘shimcha foizlar, balki kredit tarixingizga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa keyinchalik boshqa kredit olishda muammo tug‘diradi.

4️⃣ Kredit kartani har kuni ishlatmang

Kredit kartani har kungi xarajatlar uchun emas, balki zarurat uchun saqlang. Masalan: tibbiy xarajatlar, vaqtinchalik pul yetishmasligi, ish haqi kechikayotgan bo‘lsa.

5️⃣ Keshbek va aksiyalarga aldanmang

Karta orqali bonuslar, keshbeklar bo‘ladi. Lekin bu uchun ortiqcha, kerak bo‘lmagan narsalarni xarid qilish — foyda emas, zarar. Har doim savdoni reja bilan qiling.

6️⃣ Limit bu imkon emas, mas’uliyat

Karta limitini “mening pulim” deb emas, “qarz olishim mumkin bo‘lgan maksimal miqdor” deb qarang. Bu sizga moliyaviy intizom beradi.

Kredit kartadan to‘g‘ri foydalansangiz, sizga qulaylik beradi. Lekin nazoratni yo‘qotsangiz — moliyaviy muammolarga olib keladi. Shuning uchun har doim:

✔️ Reja bilan harakat qiling
✔️ Keraksiz sarf-xarajatlardan saqlaning
✔️ Har oyda qarzni vaqtida to‘lang

Ushbu postni kredit kartasi bor tanishingizga yuborib qo’ying.

Оставьте комментарий