Habib Saʼdulla (1942–2006)

DO`STLARGA ULASHING:

Habib Saʼdulla 1942 yilning 5 aprelida Namangan shahrida tugʻildi. Otasi urushda halok boʻlib, yolgʻiz onasi tarbiyasida qolgani tufayli texnika bilim yurtida oʻqish bilan birga Toshkentdagi ekskavator zavodida elektr payvandchisi boʻlib ishlaydi. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil oldi. Harbiy xizmatdan qaytib, “Mushtum”, “Namangan haqiqati” kabi jurnal va gazetalarda musahhih, adabiy xodim, muharrir oʻrinbosari vazifalarida faoliyat koʻrsatadi. 1973–1990 yillarda Habib Saʼdulla Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat boʻlimining masʼul kotibi boʻlib ishladi.
1969 yili “Okeandan shabada” nomli birinchi kitobi nashr etildi. Shundan soʻng “Bahor bilan suhbat”, “Muloqot”, “Yana ostonangda”, “Ehtirom”, “Usmon atlas”, “Nur qadri”, “Bogʻlar yurtin bolasimiz”, “Tazarru”, “Koʻchamdan jonon oʻtganda” kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etildi. Shoir “Tong musaffo boʻlsa…” nomli publitsistik qissa va maqolalaridan tashkil topgan toʻplamida odamlardagi mehnatsevarlik, halollik, imon-eʼtiqod, vijdonlilik fazilatlarini ardoqlashga daʼvat etadi.
Habib Saʼdulla oʻzbek zamonaviy dostonchiligi rivojida munosib oʻrinni egallaydi. “Tugʻilgan yilim”, “Onaizor”, “Tirik qurbonlar”, “Zamin sadosi”, “Yettinchi qitʼa”, “Eʼtiqod”, “Chust rivoyati” kabi gʻoyaviy yuksak, badiiy puxta dostonlari shundan dalolat beradi. Dramaturg sifatida uning “Yusuf va Zulayho”, “Mehr quyoshi” dramalari, “Rahmat, igʻvogar” komediyasi ham eʼtiborga sazovor. Shuningdek, Habib Saʼdulla mohir qoʻshiqchi, gʻazalnavis shoir sifatida maʼlum va mashhurdir.
Habib Saʼdulla oʻzbek adabiyoti rivoji yoʻlidagi samarali xizmatlari uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvonlari, “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

16 комментариев к “Habib Saʼdulla (1942–2006)”

  1. Уведомление: cheap dumps shop

  2. Уведомление: hho kits for sale/47% Fuel-Saving Plug-N-Play HHO Kit HHO generator Hydrogen kits for cars trucks

  3. Уведомление: where to buy psilocybin denver​

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: download loja de apps

  6. Уведомление: Alabama weed dispensary

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: เอสบีโอเบท

  9. Уведомление: Residual income opportunities

  10. Уведомление: one up strawberry puffs review

  11. Уведомление: acid blue pills ,

  12. Уведомление: 토렌트 사이트

  13. Уведомление: รับแพ็คสินค้า

  14. Уведомление: Browning A5

  15. Уведомление: ketamine treatments near me

  16. Уведомление: anchor

Комментарии закрыты.