Haydovchi orqa yon oynaga parda o‘rnatsa bo‘ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Yozning jazirama kunlarida haydovchilar uchun quyoshdan saqlanish muammoga aylanadi. Quyoshdan saqlanishning yaqinda qonuniylashtirilgan yo‘li, bu — 18 mln so‘m evaziga 1 yillik avtomashina oynasi tusini o‘zgartirish (qoraytirish) huquqini sotib olish. Shu o‘rinda, IIV mutasaddilarining pul to‘lamay (yoki to‘lay olmagan) oynasini qoraytirgan mashina egasini potensial jinoyatchiga tenglashtirish haqidagi fikrlarini ortiqcha izohsiz qoldiramiz.
Bugun mavzu boshqa: mashinaning orqa yon oynasiga parda o‘rnatish mumkinmi?
Amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga binoan, M1 toifadagi (yengil) avtomobillarning orqa oynasiga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat berilgan. Ammo orqa yon oynalarga (tushunarli bo‘lishi uchun qisqa qilib «orqa eshik» deymiz) parda o‘rnatishga-chi, ruxsat yoki taqiq bormi? Yo‘l patrul xizmati xodimlarining orqa eshikka parda o‘rnatilgani uchun (parda ko‘tarilmasa ham) jarimaga tortishi qanchalar asosli?
Jazo belgilanganmi?
Avvalo orqa eshikka parda o‘rnatganlik uchun qanday jazo borligini ko‘rib chiqish kerak. Boisi, har qanday taqiq ham jazo mavjudligini anglatmaydi. Misol uchun, 2011 yilda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilansa-da, mazkur qilmish uchun jarima 2015 yil 29 dekabrda joriy qilindi. Bu esa amalda 4 yil davomida javobgarliksiz jamoat joylarida tamaki iste’mol qilish mumkin bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Xo‘sh, orqa eshikka parda o‘rnatgan haydovchilarni qanday jazo kutib turibdi? Amaliyotda bu kabi holat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi bilan javobgarlikka asos bo‘lmoqda.
Ammo biz ushbu qarorga qo‘shilmaymiz! Fikrimizcha, orqa eshikka parda o‘rnatganlik uchun qonunchilikda jazo belgilanmagan.
E’tibor bering, MJtK 126-moddasida qayd etilishicha:
«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».
Ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan oyna, bu – «tonirovka» degani. Pardaga doir cheklovlar «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan» (ruscha variantida «transportnyx sredstv, na kotoryx ustanovleny dopolnitelnyye predmety ili naneseny pokrytiya, ogranichivayushchiye obzornost s mesta voditelya») degan qismiga tushadi.
Bu kabi taqiq «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentning 73-bandi ikkinchi xatboshisida, shuningdek «Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar»ning 7.3-bandida ham belgilangan.
1-XULOSA: Haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatish mumkin emas.
Xo‘sh, «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» deganda qaysi hududlar tushuniladi? Orqa eshik oynasi ham haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof hisoblanadimi?
Afsuski milliy qonunchiligimizda «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» atamasiga ta’rif berilmagan. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan («O‘zstandart» agentligi imzolagan) GOST 33988-2016 «Avtomobilnyye transportnyye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metody ispytaniy» (Motor vehicles. Visibility from driver’s seat. Technical requiremens and test methods) davlatlararo standartning 2.12 bandiga muvofiq, haydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi maydonining ustki chegarasi deb, haydovchi ko‘zlari va jami maydonining ostki chegarasini tashkil qiladigan, uchta boshqa tekisliklar darajasida o‘tadigan, gorizontal tekislik orasida joylashgan, 180 gradus sektorda old ko‘rinishning shartli maydoni hisoblanadi.
Bu haqida «O‘zstandart» agentligining fuqarolarga yo‘llagan rasmiy javob xatlari ham qo‘limizda mavjud.
2-XULOSA: Haydovchining joyidan tevarak-atrof deb, haydovchi ko‘zlari va jami maydonining ostki chegarasini tashkil qiladigan, 180 gradus sektorda old ko‘rinishning shartli maydoni hisoblanadi.
Xo‘sh, orqa eshik oynasi «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» maydoniga tushadimi yoki yo‘qmi? Buni ko‘z oldimizga keltirish uchun quyidagi suratga e’tiboringizni qarating.
«Haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» maydoniga sariq rang bilan bo‘yalgan qism kiradi, xolos. Ya’ni 180 gradus sektorda old ko‘rinish mana shu qism hisoblanadi.
Keyingi suratda esa, haydovchining o‘rnidan ko‘rinish aks etgan.
3-XULOSA: «Haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» maydoniga orqa eshik oynalari kirmaydi!
Shu o‘rinda, haydovchilarimizni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan holatga aniqlik kiritish lozim.
Yuqorida qayd etilganidek, «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentning 74-bandi ikkinchi xatboshisida hamda «Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar»ning 7.4-bandida yengil avtotransport vositalarining orqa oynasiga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat etiladi.
Ammo ushbu qoida ruxsat beruvchi mazmundagi norma hisoblanadi, lekin taqiqlovchi qoida emas. Ya’ni yengil avtomobillarning orqa oynalariga parda o‘rnatish ruxsat berilgani, ammo bu orqa eshik oynalariga parda o‘rnatish taqiqlanganini anglatmaydi.
Tushunarli bo‘lishi uchun oddiy bir misol. Aytaylik, biror hujjatda Qirg‘izistonga vizasiz chiqishga ruxsat beriladi, deb yozilgan bo‘lsa, bu Qozog‘istonga vizasiz chiqish taqiqlanadi, degan ma’noni bildirmaydi.
4-XULOSA: Qonunchilikda orqa eshik oynalariga parda o‘rnatish uchun taqiq mavjud emas!
Mavjud xulosalarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, avtomashinaning orqa eshik oynalariga parda o‘rnatganlik haydovchini MJtKning 126-moddasi bilan javobgarlikka tortishga asos bo‘lmaydi.
Desertiga: ijtimoiy tarmoqlardagi xat
Maqolani tayyorlash chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev imzosi bilan hududiy boshqarmalarga chiqarilgan xat tarqab ketdi. Xat mazmunidan ayon bo‘lishicha, transport vositalari yon oynalarini sochiq yoki quyoshni to‘suvchi boshqa materiallar bilan vaqtincha yopib qo‘yilgan holatlar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaslik haqida ko‘rsatma berilgan. Ushbu xatning haqiqiyligi haqida qo‘limizda ishonchli dalillar mavjud.
Ushbu xat ham yuqoridagi fikrimizni qisman isbotlab turibdi. Xatda aytilganidek, mashinaning (u xoh uzoq yo‘lga, xoh yaqin yo‘lga yurayotgan bo‘lsin) orqa eshik oynalari sochiq yoki boshqa materiallar bilan to‘silgan bo‘lsa, bu harakatga hech qanday xavf keltirib chiqarmaydi va jarimaga ham tortilmaydi.
Mantiqiy xulosa qilish mumkinki, orqa eshikka o‘rnatiladigan pardalar ham xavf tug‘dirmaydi. Chunki odatda orqa eshikdagi pardalar ham vaqtinchalik bo‘ladi, ya’ni qachon kerak payti (jazirama issiqda) ko‘tarib qo‘yiladi, quyosh yo‘q paytda tushirib qo‘yiladi.
QAT’IY ESLATMA: yuqorida qayd etganlarimiz bizning shaxsiy fikrimiz bo‘lib, rasmiy maqomga ega emas. «Maqolada orqa eshikka parda o‘rnatish mumkin, deyilibdi», deya o‘zboshimchalik qilib, 5 mln so‘m jarima to‘lab o‘tirmang.
Aslida muammo javobgarlikning yo‘qligida emas, balki qonun normalarining noto‘g‘ri talqin etilishida. Shu boisdan, maqola yuzasidan mutasaddilarning tezkor munosabati va asoslantirilgan fikrini kutib qolamiz.
Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev

11 комментариев к “Haydovchi orqa yon oynaga parda o‘rnatsa bo‘ladimi?”

  1. Уведомление: sbo

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: Get More Information

  4. Уведомление: สล็อตออนไลน์

  5. Уведомление: Porn

  6. Уведомление: buy cheap instagram followers

  7. Уведомление: sanal sunucu

  8. Уведомление: Alexa Nikolas divorced

  9. Уведомление: visiter le site Web

  10. Уведомление: buy shroom bars dc area

  11. Уведомление: Buy DMT vape New South Wales

Комментарии закрыты.