Hind ladani — kundur yelimi haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Hind ladani — ko‘p asrlar ilgari qo‘llanila boshlagan, eng qadimgi xushbo‘y giyohlardan biridir. Xushbo‘y giyohlarni tibbiy va kosmetik maqsadlarda qo‘llash amaliyoti miloddan avvalgi IV asr qadimgi Misrda ham bo‘lgan. Ushbu mahsulotni: bo‘g‘im xastaliklarida, revmatizm, oshqozon kasalliklari, ich ketishi va dizenteriyada, astma, bronxit va o‘pkaning turli xastaliklarida, qirma temiratkida, husnbuzarlarda, yaralarda, o‘simtalarda, dismenoreyada, siydik haydovchi vosita sifatida va boshqalarda samarali ekanligi qayd etilgan. Saralanganini oddiysidan qanday farqlash mumkin? Hind ladani fevral yoki martda tayyorlanadi. Daraxtning turli joylarida kesmalar qilinadi va ulardan shira to‘xtovsiz ravishda uzoq vaqt oqib turadi hamda butun daraxt tanasini qoplaydi. So‘ngra saqichni eslatuvchi qurigan shirani daraxt va yerdan yig‘ib olishadi. Bu jarayon odatda 10-12 kungacha vaqt talab etadi. Hind ladanidan parfyumeriya va aromaterapiyada keng foydalaniladi. Tibbiy maqsadlarda tutatqi gomeopatiya (giyohlar bilan davolash)da, ayrim plastirlar, tish pastalari, eliksirlar, tutatish uchun sham va qog‘ozlar hamda boshqalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.

Manba: https://sunnahproducts.uz/hind-ladani-kundur-yelimi-haqida/

Оставьте комментарий