Homiladorlikda toksikoz bo‘lishi xavflimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Homiladorlikda toksikoz – bu patologik hodisa hisoblanib, faqatgina homiladorlik vaqtida kuzatiladi va uning kechishiga halaqit beradi. Ko‘p hollarda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi, ba’zida esa homiladorlikni to‘xtatishi ham mumkin.
Toksikoz kelib chiqishiga sabablar
Hozirgi kunda toksikoz kelib chiqishiga aniq bir sabab nima ekanligi aniqlanmagan. Xalqaro akusher-ginekologlar assotsiatsiyasi uning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni aniqlashgan. Ular quyidagilar:
  1. Gormonal o‘zgarishlar. Ayol kishi birinchi bor urug‘langandan keyin organizmda gormonlar ajralishi o‘zgaradi. Buning natijasida ayol o‘zini yomon his qila boshlaydi.
  2. Surunkali kasalliklar oqibatida. Surunkali kasalligi bor (ayniqsa hazm qilish, nafas olish va endokrin tizimi tomonidan) va immun tizimi sust ayollarda toksikoz bo‘lishi ko‘p uchraydi. Shuning uchun ham homiladorlikni rejalashtirayotgan ayol, qo‘shilishdan oldin umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, agar surunkali kasalliklari bo‘lsa ularni davolashi kerak.
  3. Ayolning psixoemotsional holati. Stress, uyquga to‘ymaslik, aqliy mehnatning ortiqchaligi toksikoz kelib chiqishi va uning kechishini qiyinlashtirishga sabab bo‘ladi.
  4. Zararli odatlar, spirtli ichimliklar ichish, chekish va narkotik moddalar qabul qilish.
  5. Ayolning yoshi. Erta yoshdagi homiladorlik (20 yoshgacha) va kechki birinchi homiladorlik (35 yoshdan oshganda) toksikozning turli xil ko‘rinishlari bilan kechadi.
  6. Irsiy moyillik. Agar ayolning onasi, xolasi va buvisi homiladorlik vaqtida toksikoz bilan aziyat chekkan bo‘lsa, shu ayolda ham toksikoz kechish ehtimoli yuqori.
Toksikozning 3 xil formasi farqlanadi
  1. Erta toksikoz (homiladorlikning birinchi uch oyligida);
  2. Kechki toksikoz (ikkinchi va uchinchi uch oylikda, ko‘pincha oxirgi ikki-uch oylarida);
  3. Kamdan-kam uchraydigan toksikoz (ko‘pincha homiladorlikning 1-uch oyligida, lekin homiladorlikning har qanday bosqichlarida kuzatiladi).
Erta toksikozlar: turlari, kelib chiqish muddati, davosi
Erta toksikozlar – homiladorlikning erta bosqichlarida kelib chiqib, 1-uch oylik ohirlarida tugaydi. Ko‘p hollarda belgilar 5-6-haftalarida boshlanadi, ba’zida ayol kishi urug‘langandan keyin hayz ko‘rish to‘xtamasidan avval o‘zini yomon his qilishi mumkin. Erta toksikozlarning 2 xil turi farqlanadi:
Qayt qilish – yengil, o‘rtacha, ko‘p;
So‘lak ajralishi (salivatsiya).
Homiladorlarning qayt qilishi – erta toksikozlarning eng ko‘p uchraydigan turidir. Homiladorlikning birinchi haftasida ayolda ko‘ngil aynashi va qayt qilish holatalari kuzatiladi, ayniqsa tongda. Bunday holat toksikoz emas va ayolga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Toksikozga kun davomida bir necha marta takrorlanib turadigan, ishtahaning bo‘g‘ilishi, ta’m va hid bilishning buzilishi bilan kechadigan jarayonlar kiradi.
Og‘irlik darajasi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
  1. Yengil shakli. Qayt qilish kun davomida 5 marta kuzatiladi. Ovqatdan keyin boshlanadi, ayol ahvoli og‘irlashadi. Davosi oddiy yoki o‘z-o‘zidan 10-12-haftalarga kelib o‘tib ketadi.
  2. O‘rta og‘irlikdagi shakli. Qayt qilish kun davomida 10 martagacha kuzatiladi. Ovqat bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ayol umumiy ahvoli sezilarli darajada yomonlashadi, umumiy holsizlik kuzatiladi. To‘g‘ri davo olib borilsa o‘tib ketadi va homiladorlikka xavf tug‘dirmaydi.
  3. Ko‘p marotaba takrorlanuvchi qayt qilishlar. Kun davomida 20 martagacha va undan ham ortiq takrorlanib, ayolning och qolishi va suvsizlanishi, tana massasi kamayishi, tana harorati oshishi va puls soni ortishiga olib keladi. Bunday holat zudlik bilan tibbiy yordam talab etadi, aks holda oqibati o‘lim bilan tugashi mumkin.
ЎҚИНГ:   Homiladorlikda qon bosimi o‘zgarishi
So‘lak ajralishi (ptializm) – bu so‘lakning haddan ortiq ajralishi (solivatsiya) va ko‘p suyuqlik yo‘qotishdir (sutkasiga 1 litr). Ptializm homiladorlikda o‘zi mustaqil ravishda kelishi yoki qayt qilishlardan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Ayol o‘zini yomon his qila boshlaydi, uyqu buzilishi, tana massasi kamayishi kuzatiladi.
Erta toksikozlarning davosi
Ptializm va qayt qilishlaning yengil ko‘rinishlarida uy sharoitida ham davolansa bo‘ladi. Agar davoning samarasi sezilmasa, statsionar sharoitda davolanish zarur. Juda ko‘p so‘lak ajralishi va qayta-qayta qusishlar kuzatilsa darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Homiladorlikda toksikoz bo‘lishi xavflimi?
Homiladorlikda toksikoz bo‘lishi xavflimi?
Erta toksikozlarning maxsus davosi.
  1. Ayolga jismoniy va emotsional hotirjamlikni ta’minlash;
  2. To‘g‘ri ovqatlanish tartibi (kaloriyali ovqatlarni kam-kamdan tez-tez, har 2-3 soatda iste’mol qilish);
  3. Sedativ preparatlar qabul qilish (pustirnik, valeriana nastoykasi);
  4. Qayt qilishga qarshi davo choralari ko‘rish;
  5. Vitaminoterapiya;
  6. Gepatoprotektorlar;
  7. Suvsizlanishga qarshi vena ichiga suyuqliklar quyish.
Muhim. Agar ko‘rilgan barcha chora tadbirlar yordam bermasa, homiladorlikni majburiy ravishda to‘xtatish kerak.
Kechki toksikozlar: turlari, kelib chiqish muddati, davosi
Kechki toksikozlar odatda homiladorlikning 30-haftalaridan boshlab yuzaga chiqadi. Ba’zida u homiladorlikning ikkinchi uch oyligida yuzaga kelib, og‘ir kechadi. Toksikozlarning quyidagi shakllari farqlanadi:
  1. Homiladorlarda suv ushlanib qolishi (vodyanka) – organizmda suyuqlik to‘planib qolishi natijasida shishlar kelib chiqishi;
  2. Nefropatiyalar – uchta klinik simptomlar namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi: shish, siydikda oqsil va qon bosimi oshishi;
  3. Preklampsiya – nefropatiyadan keying bosqich bo‘lib, asab tizimi funksiyasi buzilishi bilan kechadi;
  4. Eklampsiya – kechki toksikozlarning so‘ngi bosqichi bo‘lib, tutqanoq va hushdan ketish bilan namoyon bo‘ladi.
Homiladorlarda suv ushlanib qolishi (vodyanka) to‘qimalarda suyuqlik ushlanib qolishi bilan tushuntiriladi. Uning asosiy klinik ko‘rinishi shishlardir. Vodyankaning 3 ta darajasi farqlanadi:
    1. Birinchi daraja. Shishlar boldir sohasida paydo bo‘ladi. Qo‘l bilan shishgan sohaga bosilsa iz qoladi.
    2. Ikkinchi daraja. Shishlar yuqoriga qorin sohasiga tarqaladi, ammo qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilmaydi. Qorin terisi bosilsa iz qoladi.
    3. Uchinchi daraja. Shishlar qorinda va yuzlarda ham bo‘ladi. Ayol ahvoli og‘irlashadi, hansirash, yurak urish soni ortadi.
Kechki toksikozlarning davosi
  1. Suyuqlik ichishni kamaytirish (1 sutkada 1 litrdan ko‘p bo‘lmasligi) va ovqat tarkibida tuzni kamaytirish;
  2. Ovqat ratsionidan suyuqlikni ushlab qoluvchi har qanday mahsulotni kamaytirish (yog‘li, sho‘r, achchiq, o‘tkir maxsulotlarni cheklash);
  3. Shishni kamytirish uchun siydik haydovchi preparatlar qabul qilish (furosemid, gipotiazid va boshq.)
Ko‘p hollarda o‘tkazilgan davo choralari natijasi 6-8 kunda bilinadi va og‘ir darajalarida esa davo 10-12 kunga ham cho‘zilishi mumkin.
Nefropatiya. Ko‘pincha homiladorlikda vodyankani o‘z vaqtida va noto‘g‘ri davolash oqibatida kelib chiqadi. Bunday ko‘rinishdagi toksikozga triada simptomi xos:
  1. shish;
  2. gipertoniya (arterial bosim oshishi);
  3. proteinuriya (siydikda oqsil ajralishi).
Nefropatiya monosimptom (bir belgining faqatgina o‘zi uchrashi) yoki polisimptom (barcha belgilar uchrashi) kechishi mumkin.
Davosi. Nefropatiyani davolash faqatgina statsionar sharoitda olib boriladi. Davo quyidagilardan iborat:
  1. Qat’iy yotoq rejimi, jismoniy va emotsional hotirjamlik;
  2. Suv ichishni normallashtirish. Homilador ayolga suv ichish va tuz iste’mol qilishni kamaytirib, sut-o‘simliklar iste’moli ko‘paytiriladi;
  3. Sedativ vositalar yordamida uyquni normaga keltirish;
  4. Shishlarni kamaytirish uchun diuretiklar qabul qilish;
  5. Terapevt tekshiruvi va qon bosimini tushuruvchi preparatlar ichish.
Natija bermagan davo choralarida homiladorlikni to‘xtatish talab etiladi, shu yo‘l bilan ayol organizmi ham xavfdan himoyalanadi.
Toksikozning eng oxirgi bosqichi preklampsiya va eklampsiyadir.
Preklampsiyada bosh og‘rig‘i, ko‘ruv o‘tkirligining pasayishi, uyquchanlik, holsizlik kuzatiladi. Ba’zi bemorlarda qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketish ham paydo bo‘ladi. Bu holatlarni miyada qon aylanishi buzlishi va bosh miya ichki bosimi oshishi bilan tushuntiriladi. Preklampsiyaning davosi nefropatiyaniki kabi olib boriladi, lekin barcha muolajalar narkoz ostida olib boriladi (kislorod ingalyatsiyasi yordamida), chunki eklampsiya bosqichiga o‘tish xavfi yuqori bo‘ladi.
Eklampsiya kuchli tutqanoq va hushdan ketishlar bilan namoyon bo‘ladi. Tutqanoq uch bosqichda kechadi:
1. Birinchi bosqich. Yuz mushaklarining kichik qisqarishlari, keyinchalik tananing yuqori qismidagi mushaklarga o‘tadi. Bu holat 20-30 soniya davom etadi.
2. Ikkinchi bosqich. Barcha mushaklarning kuchli qisqarishi, nafas olishning butunlay to‘xtashi, ayolning hushini yo‘qotishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu holat 25 soniya davom etadi.
3. Uchinchi bosqich. Tutqanoqlar to‘xtaydi, ayol komatoz holatiga o‘tadi. Ayol o‘ziga kelganda hech narsani eslay olmaydi, mushaklardagi og‘riqlarga, holsizlikka shikoyat qiladi. Bu bosqichning davomiyligi 1,5 daqiqa.
Davo choralari. Eklampsiyada davo choralari reanimatsiya sharoitida o‘tkazilishi zarur. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  1. Tutqanoqning oldi olinadi (kislorod, efir beriladi);
  2. Arterial qon bosimni tushirish, venaga ichiga gipotenziv preparatlar yuborish (ayol bu vaqtda narkoz ostida bo‘lishi kerak);
  3. Uxlatuvchi vositalar berish (homilador ayolni 1-2 sutkaga uxlatib qo‘yiladi).
Intensiv davo reanimatsiya sharoitida 10 kungacha olib boriladi, agar xurujlar qaytalansa erta vaqtda tug‘ishga ruxsat beriladi.
Toksikozlarning kamdan-kam hollarda uchraydigan shakli, turlari, paydo bo‘lish muddati, davosi
Bunday ko‘rinishdagi toksikozlar homiladorlikning birinchi uch oyligida yuzaga keladi, lekin har qanday bosqichlarda ham kuzatilishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
  1. Dermatozlar;
  2. Homiladorlik sariqligi (teri va shilliq qavatlarning sariq tus olishi);
  3. Jigarning “sariq” atrofiyasi;
  4. Bronxial astma;
  5. Tetaniya (kalsiy almashinuvi buzlishi natijasida tananing turli qismlarida sudirgilar uchrashi);
  6. Osteomalyatsiya (organizmdagi fosfor va kalsiy almashinuvi buzilishi natijasida suyaklarning yumshashi va deformatsiyaga uchrashi);
Dermatozlar – homiladorlik vaqtida uchraydigan teri kasalliklari. Ko‘p hollarda terining hamma joyiga tarqalgan qichishish uchraydi. Ayol umumiy ahvoli yomonlashadi, qo‘zg‘aluvchanlik ortib ketadi, uyqu buziladi. Ba’zida teri ekzemasi ham kuzatiladi (terining yallig‘lanishli kasalligi, qichishish, achishish, toshma paydo bo‘lishi bilan kechadi). Davo muolajalari statsionar sharoitda olib boriladi. Ayolga diyeta buyuriladi, o‘tkir, achchiq va dudlangan mahsulotlar yeyish man etiladi. Qichishish va achishish hissini kamaytirish uchun antigistamin preparatlar, vitaminlar, kalsiy preparatlari buyuriladi. Jarohatlangan teri sohasiga margansovkali primochkalar qilinadi.
Homiladorlar sariqligi kamdan-kam holatlarda paydo bo‘ladi. Uning asosida jigar zararlanishi natijasida, teri sarg‘ayishi, qichishish kuzatiladi. Shunday diagnoz qo‘yilsa, ayol darhol shifoxonaga yotqiziladi va homiladorlik to‘xtatiladi.
Jigarning “sariq” distrofiyasi – toksikozlarning eng xavfli ko‘rinishidir. Juda og‘ir kechib ko‘p hollarda o‘lim bilan tugaydi. Jigarning zararlanishi kuchayib boradi, sariqlik ko‘payadi, tutqanoqlar boshlanadi va ayol koma holatiga kelib qoladi. Homiladorlikni darhol to‘xtatish ayol hayotini saqlab qolishi mumkin.
Bronxial astma. Toksikozning juda kam uchraydigan ko‘rinishi. Uning davosi ijobiy va homiladorlik saqlanib qoladi. Ayolga sedativ vositalar, vitaminterapiya va kalsiy preparatlari buyuriladi.
Homiladorlar tetaniyasi. Qalqon oldi bezlarining funksiyasi buzilishi natijasida organizmda kalsiy almashinuvida kamchiliklar kelib chiqadi. Kasallik klinik ko‘rinishida tananing yuqori qismi va pastki qismi mushaklari kuchli qisqarishi kuzatiladi, yuz va qorin mushaklari qisqarishi kam hollarda uchrab turadi. Davolashda paratireoidin gormoni (qalqon oldi bezidan ishlab chiqariladigan gormon), kalsiy preparatlaridan foydalaniladi. Natija ijobiy va homiladorlik saqlanib qoladi.
Osteomalyatsiya organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishidan kelib chiqadi. Klinik ko‘rinishi suyaklar yumshashi va deformatsiyasi bilan namoyon bo‘ladi, ko‘pincha umurtqa va chanoq suyaklari. Davosi D va E vitaminlari, fizioterapiya bilan olib boriladi. Davoning natijasi bilinmasa homiladorlik to‘xtatiladi.

17 комментариев к “Homiladorlikda toksikoz bo‘lishi xavflimi?”

  1. Уведомление: psychotherapy website design

  2. Уведомление: Crédit personnel : possédez-vous pensé au centralisation de crédit à Arlon ?Prêt personnel : avez-vous pensé au regroupement de crédit à Arlon ?

  3. Уведомление: COD Vanguard hacks

  4. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: 토토휴게소

  8. Уведомление: Site internet pour plus d'informations

  9. Уведомление: cornhole boards near me

  10. Уведомление: shrooms chocolate bar dc

  11. Уведомление: Website

  12. Уведомление: DMT Vape Pens For Sale Melbourne

  13. Уведомление: buy mushrooms in dc

  14. Уведомление: Relx

  15. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  16. Уведомление: Go Here

  17. Уведомление: บอลยูโร 2024

Комментарии закрыты.