HOMILADORLIKNING ANIQ BELGILARI

DO`STLARGA ULASHING:

HOMILADORLIKNING ANIQ BELGILARI

Taxminiy va ehtimolli belgilar homiladorlikning birinchi uch oyligida yuzaga chiqar edi. Aniq belgilarning asosiy qismi homiladorlikning ikkinchi uch oyligida aniqlanadi.

📌 Homilaning yurak urishi eshitiladi (vrach-akusherning stetoskopi yordamida);
📌 Homilaning harakatlari seziladi (birinchi marta tug‘uvchilarda- 18-20 haftada, qayta tug‘uvchilarda — 16-18 haftada);
📌 Homilaning yirik va mayda bo‘laklari yoki shu bo‘laklarning harakati paypaslanadi (2- uch oylikning boshlarida);
📌 Rentgenogramma va UTT da homilaning skeleti ko‘rinadi;

Aniq belgilar barchasi homilaning bachadonda joylashganiga asoslanadi.

⚡️ Ammo eng ishonchli va aniq ma’lumotni UTT (UZI) beradi. Yana bir qulay tarafi shuki, bu usul bilan homiladorlikni ancha vaqtli aniqlash mumkin.

📌 Qorin orqali odatiy UTT da homilani 4-5 haftalikda, qin orqali UTT da esa 3,5-4 haftaligida aniqlash mumkin.

Rasmda:
Chapda — qin orqali UZI.
O‘ngda — qorin orqali UZI;

Оставьте комментарий