HOMILANING TUSHISHIGA SABAB BO’LUVCHI 10 SABAB

DO`STLARGA ULASHING:

?Homila tushishiga olib keluvchi asosiy 10 sabab ?

 

Homiladorlik davrining ilk bosqichlarida homila tushib qolishi xavfi yuqoriroq bo’ladi. Ba’zida bunga aniq omillar sababchi bo’lsa, ba’zida buning sababi aniqlanmay qoladi.

Homiladorlik davrida yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan xavfli belgilarni har bir ayol bilishi lozim.

Quyida homila tushishiga olib keluvchi eng ko’p tarqalgan omillar keltirilgan:?

1. Homilada mavjud bo’lgan irsiy buzulishlar. Statistikani ta’kidlashicha, homila tushishining 73% hollarida homilada irsiy buzilish rivojlangan bo’ladi. Bunday holat tabiiy yodashuv hisoblanadi, ya’ni yashay olmaydigan, irsiy nosog’lom homila, o’z-o’zidan rivojlanmay tushadi va homiladorlik yakunlanadi.

2. Gormonal buzilishlar. Ayol organizmidagi gormonlar balansining buzilishi ko’pincha homilani tushib qolishiga qolishiga olib keladi.

3. Immunologik sabablar. Bunday holat keng tarqalmagan hisoblanadi. Ko’pincha rezus konflikt tufayli yuzaga keladi. Bunda ona organizmi homilani yod modda deb qabul qilib, uni yo’q qilishga immuniteti kurashadi.

4. Jinsiy infeksiyalar. Xususan, TORCH infeksiyasining ba’zilari homilaning to’g’ri rivojlanmay nobud bo’lishiga olib keladi.

5. Ayolning umumiy kasalliklari. Ayol tana haroratining 38 darajasidan oshishiga olib keluvchi infeksiya va viruslar homilani tushishiga sababchi bo’lishi mumkin.

6. Bundan oldin qilingan abortlar. Abortdan so’ng ayol jinsiy a’zolarida kuchli yallig’lanish jarayonlari paydo bo’lishi mumkin. Bu holat keyingi homiladorliklar yakunlanmay homila nobud bo’lishida namoyon bo’ladi.

7. Ba’zi dori vositalari va o’t damlamalari. Homiladorlikning 1-trimestrida imkon qadar barcha dori vositalari va o’t damlamalaridan voz kechgan ma’qul. Ba’zi vositalar homilani nobud bo’lishiga, rivojlanmay qolishiga olib kelishi mumkin.

8. Kuchli stress. Og’ir judolik yoki boshqa sabablar tufayli yuzaga kelgan stress holati nozik embrion holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

9. Yiqilish, urilish. Jismoniy zo’riqish homilani tushishiga turtki bo’lishi mumkin.

10. Nosog’lom hayot tarzi. Alkogol ichimliklarni ko’p iste’mol qilish, tamaki chekish kabi odatlar rivojlanayotgan homila salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek