HTML va CSS nima?

DO`STLARGA ULASHING:

HTML va CSS nima?

HTML — Hypertext Markup Language.

CSS — Cascading Style Sheets.

Oddiy qilib aytganda, ikkisi ham veb-saytlarni tashqi koʻrinishini yaratishda qoʻllaniluvchi tillar hisoblanadi. Dasturlash tillari emas, shunchaki koʻrinishni yaratuvchi tillar.

HTML — saytda nimalar boʻlishi, bor narsalar qayerda turishi, va ketma ketligini belgilab beradi. Masalan rasmlar, tekstlar, tugmachalar, videolar, jadvallar v.h.k.

CSS — esa, saytda bor narsalar, yaʼni HTML orqali yaratilgan elementlar qaday koʻrinishda boʻlishini belgilab beradi. Masalan ranglari, oʻlchamlari, oraliq masofalar, joylashgan joyi, shakli v.h.k.

Dunyoda har qanday sayt borki ular albatta HTML va CSSdan foydalanadi. HTMLsiz sayt yasab boʻlmaydi. CSSsiz esa sayt juda xunuk boʻladi.

Yaxshiroq tushunishingiz uchun, manabu link orqali YouTube saytining faqat HTML holati, va CSS bilan birgalikdagi holatini koʻrishingiz mumkin.

LINK: https://bit.ly/3a6GP32

Bizni kuzatib boring. HTML va CSS ni ham birga oʻrganamiz!

? @PlanetaIT

16 комментариев к “HTML va CSS nima?”

Оставьте комментарий