DO`STLARGA ULASHING:
Ilm taraqqiyot negizi matn.
Ilm — insoniyat hayotining eng muhim boyligi va taraqqiyotning poydevoridir. Qadimdan buyuk allomalarimiz: Imom Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek kabi zotlar ilm orqali butun dunyoga mashhur bo‘lishgan. Ularning kashfiyotlari hozirgacha insoniyat xizmatida turibdi.
Bugungi kunda ham ilm-fansiz taraqqiyot bo‘lmaydi. Texnologiyalar, yangi ixtirolar, tibbiyot va sanoatdagi yutuqlar — bularning barchasi ilm mahsulidir. Zero, ilm bo‘lmasa, hayotimizda qulayliklar ham, yuksalish ham bo‘lmas edi.
Ilm egallagan inson xalqiga, yurtiga foyda keltiradi. Shuning uchun biz yoshlarga bilim olish, o‘qib-o‘rganish, kitob mutolaa qilish, ustozlar saboqlariga quloq tutish juda zarur. Ilm orttirish orqali biz kelajakda jamiyatimizni rivojlantirishga, Vatanimizni yanada obod qilishga hissa qo‘shamiz.
Xulosa:
Ilm — taraqqiyotning negizi, jaholatga qarshi qudratli qurol, yuksalish kalitidir. Biz yoshlar ilm izlab, uni egallashga intilsak, kelajagimiz nurafshon bo‘ladi.
Ilm haqida maqollar.
Ilm — aql bulog’i,
Aql — yashash chirog’i.
Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.
Ilm — yorug’lik,
Jaholat — zulmat.
Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.
Ilm istasang, takror qil.
Ilm ko’p, umr oz,
Keragini o’qi.
Ilm olish — nina bilan quduq qazish.
Ilm olishning erta-kechi yo’q.
Ilm topmay, maqtanma.
Ilm — tubsiz quduq.
Ilm — egarlangan ot,
Bilganga — do’st,
bilmaganga — yov.
Ilm o’lchovi — aql,
Zehn o’lchovi — naql.
