Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi.
Ilm o’rganish har bir musulmon uchun farzdir. Hadis
Beshikdan qabrgacha bilim ista. Hadis
Bir soatgina ilm o’rganish bir kechalik ibodatdan yaxshidir. Hadis
Qaysi bir olimning ilmidan so’ralganda qizg’onib gapirib bermasa, qiyomatda og’ziga o’tdan tizgin solib qo’yiladi. Hadis
Avvalo olim bo’l! Loaqal ta’lim oluvchi yoki tinglovchi, ilmu ulamolarni sevuvchi bo’lgin. Hadis
Sadaqaning afzali musulmon kishining ilm o’rganib, so’ng boshqa musulmon birodarlariga ham o’rgatishidir. Hadis
Ilm ibodatdan afzal. Hadis
Ilm o’qub qilmagan amal maqbul,
Dona sochib kO’tarmadi mahsul. Alisher Navoiy
Er yuzi bir dashtu sahro bo’lsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni bo’lmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm o’qi, hech bir jonga etkurmaydi ozor ilm. Oraziy
Emish har elg’a qadri ilm balo,
O’la ilm maqomi baski bolo.
Kishikim ilmu fandin boxabardur,
Haloyiqqa mo’’tabardur.
Tiriklikda kishikim qilsa har kor,
Aning osonlig’ina ilm darkor. Abdulla Avloniy
Jahon ravshan ziyoyi ilmdandur,
Ko’ngil sofi safoyi ilmdandur. Anbar Otin
Kimda bo’lsa donishu, aqlu, tamiz,
Ilm ila hilm ahlini tutgan aziz.
Sen xatolardan o’zingni tut uzoq,
Ey o’g’il! Oqil esang solgil quloq! Farididdin Attor
Birovkim qilsa olimlarg’a ta’zim,
Qilur go’yoki payg’ambarga ta’zim. Alisher Navoiy
Bilimni buyuk, o’quvni ulug’ bil,
Bu ikkisi tanlangan bandasini ulug’laydi.
Zakovat qaerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa buyuklik oladi. Yusuf Xos Hojib
Ilm ila kimning dili ravshan erur,
U zamon ichra salomat tan erur. Farididdin Attor
Bilimsiz, shubhasiz, aniq ko’rdir,
Kel, ey nodon, bilimdan hissa ol. Yusuf Xos Hojib
Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo’ladi. Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo’ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko’rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir san’atdir. Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo’lgan bo’lsa, ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo’r halokat nodonlik, insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur. Yaxshi tahsil ko’rgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan ayol har erda izzat topadi. Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat, ayollik qadrini tushunib etadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatolarga yo’l qo’yadi. Abdibek Sheroziy
Muyassar bo’lsa tilladin senga taxt,
O’zingdin pastga zinhor aylamagin saxt.
Agar bersa senga jahon sultonlig’i dast,
Kishi o’z holini bilmak kerak past.
Agar rutbang erur a’loyi ofoq,
Yiqilgon xastalarni holina boq.
Takabbur qilmag’il ey bemaoniy,
Falonni o’g’lidurmen deb faloniy. So’fi Olloyor
Ilm martabasi martabalarning zo’ridir, degan gap shubhasiz to’g’ri. Qaysi erda ilmu ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha er baxt maskani hisoblanadi. Qaysi erda nodonlik mavjud bo’lsa, u er quruq yoki toshloq joy kabidir.
Go’zal xulq bilan payvasta bo’lgan ilm odamlarni baxtiyor qiladi, martabasini balandlatadi. Ilmdan maqsad ko’rkam va ezgu ishlarni amalga oshirishdir. Faxrulbanot Sulaymoniy
Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir, iliksiz so’ngakka qo’l urilmaydi. Bilim bilan kishining martabasi oshdi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi. Bilimli kishi keraqli so’zni so’zlaydi, keraksiz so’zni ko’mib tashlaydi. Ahmad Yugnakiy
Murodingni hayoting ichra axtar,
Ki mavhum ilm ichinda bo’lma axgar. Anbar Otin
Zakovatli uqadi, bilimli biladi, Bilimli, zakovatli tilakka etadi. Yusuf Xos Hojib
Har kishining ruhi ilm birla quvvatlansa, shafqatli va betama’ bo’lur. Sidqiy Xondoyliqiy
Hamma ezguliklar bilim tufaylidir. Bilim tufayli go’yo ko’kka yo’l topiladi. So’z bo’z erga yashil ko’kdan tushdi,
So’zi tufayli inson o’zini ulug’ qildi. Yusuf Xos Hojib
Ey keldi fununi ilm taslim sanga,
Qilmoq anga lozim bo’ldi ta’zim sanga.
Garchi yo’q erdi quvvat oyoqimda, vale,
Keldim bosh ila olg’ali ta’lim sanga. Ogahiy
Dunyoni bilmakka idroking garov,
Zehn quymoqqa dili poking garov.
Yaxshi ish qilmoq uchun yo’qsa o’quv,
Sanga lozimdur o’quv birlan o’quv. Anbar Otin
Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur. Alisher Navoiy
Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,
Orlanib so’ramagan o’ziga zolim. Alisher Navoiy
Ilm, Navoiy senga maqsud bil,
Emdiki, ilm o’ldi, amal aylagil. Alisher Navoiy
Bilim bilan saodat yo’li ochiladi, shunga ko’ra,
Ilmli bo’l, baxt yo’lini izla. Ahmad Yugnakiy
Bilim qidirishga urdim boshimni,
Bekorga o’tkazmadim umrimni bir dam.
Qaydaki eshitsam ilmu donishni,
Eshigi tagida ultirdim mahkam. Nosir Xisrav
Bilimsiz kishilarning ko’ngli xurofotga moyil bo’ladi. Abu Rayhon Beruniy
Odamidur ilmu donish birla odam, yo’q esa,
Jumlai hayvongadur yakson qadu ruxsoru lab. Ogahiy
Bilim — qaytarish va takrorlash mevasidir. Abu Rayhon Beruniy
Er kishiga zebu ziynat hikmat va donishdur. Alisher Navoiy
Bu din ilmiki xomam qildi tahrir,
Erur fiqhu hadisu so’ngra tafsir.
Chu takmil o’ldi bu uch ilm, sen, bil,
Yana har ilm maylin qilma, yo qil. Alisher Navoiy
Ilmdan istasang, nishon yo’qtur,
Bor boshida qazoncha sallasi. Bayoniy
Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh,
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur. Poshshoxo’ja
Ilm andoq ganji nofe’dur bani odamg’akim,
Kimda ul bo’lsa, ikki olam bo’lur obod ango. Ogahiy
Shaxski, ilm nurin topti zoti,
Aning to hashr qoldi yaxshi oti.
Sikandar chun topti ilmu hunarni,
Ne yangliq oldi, ko’rgil, bahru barni. Alisher Navoiy
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo’qdir. Kitob fasohat, balog’atda, latofatda tengi yo’q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg’izlikda va g’amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so’zlarida yolg’on va xato bo’lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o’z do’stining dilini og’ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g’iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar etadi. Kitobdek do’st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o’tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: «Kitob aql qal’asidir», deganlar. Muhammad Jabalrudiy
Bilimning shundayki, u yalang’och bo’lganingda ham o’zing bilan qoladi uni hammomga kirganingda suv ham yo’qota olmaydi. Abu Rayhon Beruniy
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Senga farz ulmagay gamnok chiqmoq. Alisher Navoiy
Donish erur otgan o’qim nishoni,
Dadillik manbai bilimim koni.
Ezgulik osmonini mahbusiman,
Zanjirim fanoyu samo ummoni. Pahlavon Mahmud
Haq yo’linda kim senga bir harf uqutdi yuz ranj ila,
Aylamoq oson emas haqqin ado ming ganj ila. Alisher Navoiy
Kasbi ilm etmay kishi gar qolsa mahz jahl ila,
Ikki olam obro’si bo’lg’usi barbod ango. Alisher Navoiy