Paxta haqida sherlar bolalar uchun

DO`STLARGA ULASHING:

Paxta haqida sherlar bolalar uchun.

Paxta — xalqimizning oq oltini, ona yurtimiz dalalarining bezagi. Bolajonlar uchun paxta nafaqat dalalarda oppoq bo‘lib ochilgan g‘unchalari, balki mehr, mehnat va barakot ramzidir. She’rlar orqali kichkintoylar paxtaning qadriga yetish, tabiatni sevish va mehnatni qadrlashni o‘rganadilar.

Paxta haqida ma’lumot.

 

Paxta — xalqimiz “oq oltin” deb ataydigan juda qimmatli o‘simlik. U issiq iqlimda, keng dalalarda o‘sadi. Paxta ko‘chatlari bahorda ekiladi va kuz faslida pishib, oq paxtakopchalar hosil qiladi.

Paxtaning foydalari juda ko‘p:

  • Tolasidan mato, kiyim-kechak, choyshab va boshqa buyumlar tayyorlanadi.

  • Chigitidan yog‘ olinadi, qolgan qismi esa chorvachilikda yem sifatida ishlatiladi.

  • Paxtadan olingan mahsulotlar kundalik hayotimizda juda kerakli narsalardan hisoblanadi.

Shuning uchun paxta xalqimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Uni yetishtirish katta mehnat talab qiladi, dehqonlarimiz bahordan kuzgacha mehnat qilib, dalalarni parvarishlaydilar.

OQ oltin.

Paxta desa anglanar,
Bobodexqon zaxmati.
Oltin bilan tenglanar,
Paxtamizning qimmati.

Аstoydil yeng shimarib,
Oʼz burchlarin oqlashar.
«Oq oltin» deb erkalab,
Paxtani ardoqlashar.

Bobodexqon paxtadan,
Ulkan xirmon yaratdi.
Paxtamizning dovrugʼin,
Olam uzra taratdi!

 

Paxta.

Chaman chaman paxtazor
Yurtimizga iftixor
Paxtaoy hoy, paxtaoy
Dalalarning oq qizi

Paxta haqida.

Chanoqlarda oppoq paxta
Kulib turar, qanday baxt-a!
Erkalanib tebranadi,
Yal-yal yonib tovlanadi.
– Rahmat senga, aziz dehqon.
Uyding bizdan ulkan xirmon.
Mehnatingdan oltin bo’ldik,
Chanoqlarga lim-lim to’ldik.

Oq oltinim — paxtajon.

 

Dalalarda oppoq gul,
Shodlik olib kelar ul.
Bahor kelsa ekilar,
Kuzda hosil yetilar.

Oqchadan kiyim bo‘lar,
Choyshab, ko‘ylak tikilar.
Chigitidan yog‘ olinib,
Hammasidan foyda topib.

Dehqonlar mehnat qiladi,
Hosilini xalq oladi.
Oq oltinim — paxtajon,
Yurtimizning faxrijon!

oq paxta.

Dalalarda oq paxta,
G’uj-g’uj bo’lib ochilgan.
Sig’masdan chanog’iga,
Shoxchalarda osilgan.

Men bu go’zal faslni,
Shunday yaxshi ko’raman.
To’rli xil ranglar bilan,
Kuz rasmini chizaman.

Dehqon.

Dehqon bobom yer chopar,
Yer tagidan tilla topar,
O’stirib paxta, bug’doy,
Xalqimni qiladi boy.

Paxta haqida topishmoqlar.

 

Joylashgan besh barmoqqa,
Dong‘i katgan har yoqqa.
Vatani – O‘zbekiaton,
Tarbiyachisi- dehqon.

(paxta)

Oppoq, oppoq, oppog‘im,
Momiqdan ham yumshog‘im.
Ichi to‘la don, yog‘im,
To‘p ko‘ylakli belbog‘im.
Yerdan ungan boyligim
Momiqgul chiroyligim.
(paxta)

Оставьте комментарий