Implantatsion qon ketishi

DO`STLARGA ULASHING:

Implantatsion qon ketishi
Koʻpchilik ayollar implantatsion qon ketishini menstruatsiya bilan adashtiradi. Buning oʻrniga ular buni kuchsiz menstruatsiya yoki eski qonni yoʻqotilishi deb talqin qiladi. Biroq, faktik implantatsion qon ketishi deyarli tez-tez uchrab turadi- 10-15% homiladorlar homiladorlik paytida uni u yoki bu darajada his qiladi. Va 9 oydan keyin sogʻlom bola paydo boʻladi.
Implantatsion qon ketishi nima degani?
Urugʻlanishning birinchi kunlarida blastotsista, yoki yaqinda embrion boʻladigan va oxir oqibatda bolaga aylanadigan hujayralar yigʻindisi, implantlanadi va rivojlanishni boshlaydi. Blastotsista oʻz rivojlanishini bachadon trubasini tark etgan paytdan boshlagan va keyinchalik 9 oyga joylashish uchun u endi onaning qornida mukammal joyni topishi kerak.

Bachadon blastotsista uchun zarur boʻlgan qon va ozuqa moddalar bilan toʻlganligi sababli bachadon shilliq qobigʻining biroz buzilishi sodir boʻlishi mumkin, ana oʻsha narsa kuchsiz qon ketishiga olib keladi. Baʼzida u koʻrinarli va uni ichki kiyimda koʻrish mumkin, yoki uni koʻrib boʻlmaydi. Baʼzi ayollar qon ketishi faqat hojatga borgandan keyin boʻlishini tushunadi, chunki qon faqat hojatxona qogʻozida qoladi.

Implantatsiya paytidagi qon ketishi kuchsiz boʻladi va u «qonsimon ajralmalar» kabi taʼriflanadi. Ular asosan pushti rang va suvsimon boʻladi, lekin baʼzida yorqin qizil rangda ham boʻlishi mumkin. Biroz yotganingizdan keyin yoki ertalabda qon jiggarang tusda boʻlishi mumkin. Bu oʻtib ketadi, chunki u bir necha soat bachadon boʻynida yoki qinda turib qolgan.

Shuningdek, implantatsion qon ketish paytida yengil spazmlar paydo boʻlishi mumkin. Menstruatsiya darajadagi kabi emas, lekin bachadon sohasida siz maʼlum bir, kuchsiz noqulaylikni sezishingiz mumkin. Imkon qadar dam olish tavsiya etiladi va foydali hisoblanadi. Shuningdek ortiqcha zoʻriqmaslik kerak. Bu implantatsion qon ketishini bartaraf etmaydi, lekin zoʻriqish yoʻqligida u sizga biroz yengillikni his qilishga yordam beradi.

Implantatsiyadan qon ketish qachon yuz beradi?
Odatda u keyingi menstruatsiya kutiladigan davrda oʻtib ketadi, ovulyatsiya va urugʻlanishdan taxminan 6-12 kundan keyin. Mana nima uchun implantatsion qon ketishi ham chalkashtirishi, ham umidlarni puchga chiqarish mumkin. U koʻpincha chalkashtiradi va ixloslarni oʻldiradi, chunki uni menstruatsiyani boshlanishi va homiladorlikni yoʻqligi deb talqin qilsa boʻladi. Homilador boʻlishni istaydigan ayollar har qanday qon ketishini koʻrib xafa boʻlishi mumkin va uni salbiy belgi sifatida tushunishi mumkin.

Implantatsion qon ketishi homiladorlik tasdiqlanishidan ancha oldin sodir boʻladi. Odam xorionik gonadotropini gormoni (OXG)- bu homilador ayolning siydigida topiladigan gormon. U faqat embrion bachadonga implantlanganidan keyin va yoʻldosh biroz rivojlanganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi. Aynan shuning uchun ayrim eng eʼtiborli juftliklar ishonch bilan homiladorlik sodir boʻlganini aytishi uchun implantatsiyada qon ketishi juda erta sodir boʻladi.

Homiladorlik simptomlaridan biri odatdagidan anchagina kuchsizroq menstruatsiya boʻlishi mumkin. Implantatsiyadagi qon ketishini albatta menstruatsiya deb oʻylash mumkin va ayol kishi faqatgina oʻtmishdagi qandaydir hodisalarni baholagandan keyin u menstruatsiya deb oʻylagan qon ketishi
aslida implantatsion qon ketish boʻlganligini anglashi mumkin.

Implantatsion qon ketishini bartaraf etish uchun nima qilish mumkin?
Agar sizda ogʻriq boʻlmasa, qon ketish etish uzluksiz yoki yaqqol namoyishli xarakterda boʻlmasa, hech narsa qilishning keragi yoʻq. Agar homiladorlik tasdiqlangan boʻlsa va urugʻlanish paytidan boshlab 2 haftadan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, unda implantatsion qon ketishi kam ehtimolli.

Implantatsion qon ketishi salbiy xarakterga ega boʻlishi shart emas. U urugʻlanish sodir boʻlib, homiladorlik zarur boʻlganicha kechishining belgisi boʻlishi mumkin. Lekin albatta, u sodir boʻlganida siz homiladorlik ekanligingizni hali bilmaysiz, axir bu haqda gapirishga hali erta. Ayrim ayollarning fikricha, koʻkrak ogʻrishi, qoʻngil aynishi va homiladorlikning boshqa erta simptomlari ham implantatsion qon ketishi paytida namoyon boʻla boshlar ekan. Lekin bu narsa kam ehtimolli. Bunday simptomlarni keltirib chiqaruvchi gormonlar yoʻldosh tomonidan ishlab chiqarilishiga hali erta.

Biroq, bizning ongimiz sirlicha tarzda ishlaydi, va ayrim ayollar haqiqatan ham homilador ekanligini anglay biladi va oʻzlarini umuman boshqacha his qiladi.

Menda implantatsion qon ketishi boʻlsa nima qilishim kerak?

Hotirjam boʻling va xavotir olmang. Shunchaki qon ketishining miqdorini kuzating va agar ogʻriq yoki boshqa simptomlarni his qilsangiz shifokorga murojaat qiling. Koʻpgina ayollarda implantatsion qon ketishi bir yoki ikki kundan keyin toʻxtaydi va qayta tiklanmaydi. Prokladkadan foydalanishingiz zarurati kam ehtimolli, lekin qulaylik uchun koʻpchilik ayollar xavfsizlikni taʼminlash maqsadida undan foydalanishni afzal koʻradi.

Agar shifokor buni zarur deb bilsa, homila qopi va homilaning tegishli tarzda rivojlanishini borligini aniqlash uchun UTT oʻtkazish mumkin. U qon ketishi homila tushishidan darak emas, embrion implantlanishi sababli kelib chiqqanligini tasdiqlashga yordam beradi.
Homila yuragining urishini homiladorlikning 5 ½ — 6 haftasida aniqlash mumkin- bunda embrion bachadon devoriga implantlanib boʻladi.

 

Implantatsion qon ketishida qachon xavotirga tushish mumkin

Agar sizda kuchli qon ketishi boshlangan boʻlsa, qon quyqumlari yoki qon yoʻqotishlar yorqin qizil rangda boʻlsa, unda siz tibbiy koʻrikdan oʻtishingiz zarur. Beldagi ogʻriq, qorindagi spazmlar, ogʻriqlik, koʻngil aynishi va/yoki kurakka beruvchi ogʻriq bilan kuzatiladigan har qanday qon ketishi ham tekshiruvni talab qiladi. Shu kabi barcha simptomatika bachadondan tashqari homiladorlikka yoki homila tushishiga tegishli boʻlishi mumkin.

Odatda implantatsion qon ketishi bir-ikki soat yoki kundan keyin oʻtib ketadi. U davomiyli xarakterga ega emas va oʻziga xos davolashni talab qilmaydi. Qon ketish sanasi/sanalarini belgilab, uni oxirgi meʼyoriy menstruatsiyaning birinchi kunigacha kuzatib borish lozim.

Keyin urugʻlanish qachon sodir boʻlganligi va qachon embrion bachadonning qon-tomir qobigʻiga implantlangani nuqtai nazaridan sanalarni bogʻlash mumkin.

Yana nima boʻlishi mumkin?
Bir qator ehtimolli holatlar mavjud, lekin quyidagi koʻproq uchraydiganlari keltirilgan:
  • Biroz vaqtli boshlangan, lekin meʼyoriy menstruatsiya
  • Menstruatsiya xarakterini oʻzgarishi, quyilib qon oqishi mumkin
  • «OK» kabi gormonal kontraseptivlarni qabul qilish sababli, koʻpincha qabul qilishning birinchi kunlari
  • Qon ketishini chaqirgan bachadon yoki qin infeksiyasi
  • Yuzani yemirilishiga olib kelgan jinsiy aloqaning qoʻpol shakli
  • Qindan emas, siydik kanali yoki anusdan qon ketishi
Unutmang
  • Agar sizda qandaydir shubhalar boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur
  • Implantatsion qon ketishi taxminan 10-15% ayollarda uchraydi, bu noyob narsa emas.
  • Baʼzida uning vizualizatsiyasi «foydali, chunki u embrionni bachadon qobigʻiga implantatsiyalanish jarayonini isbotlaydi.
  • Shunchaki oʻzingizni holi qoʻying va siz yengillashasiz.
  • Surtiluvchi ajralmalar paydo boʻlgan sanalarni taqvimda belgilab qoʻying. Keyingi haftada siz ularning sababini tushunasiz.
  • Baʼzida implantatsion qon ketishidan keyin meʼyordagi menstruatsiya kelishi mumkin. Bu demak, homiladorlikning rivojlanishi erta bosqichlarda toʻxtagan yoki qandaydir sabablarga koʻra urugʻlangan tuxum hujayrasini implantlanishi yoki rivojlanishi toʻxtab qolgan.
huggies.uz