Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova

DO`STLARGA ULASHING:

Ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘rganish uchun eng yaxshi 12 ilova
01. Duolingo (https://t.me/itspecuz/4063) – ingliz, ispan, fransuz va nemis tillarini o‘rganishning eng yaxshi usuli! Ilovaning o‘zida barcha kerakli darslar mavjud va ularni alohida sotib olish shart emas. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchiga xorijiy til asoslarini o‘rgatish, buning uchun ilovada turlicha yutuq va bildirishnomalar o‘yin usulida qo‘llaniladi. Duolingo bilan o‘tkazilgan 34 soat, samaradorlik jihatidan universitetdagi bir semestrga teng!
02. Busuu (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.busuu.android.enc) – ilova foydalanuvchiga mos dasturni tanlaydi va kursni o‘rganishga yordam beradi. Bu yerda “Suhbat” (Разговор) funksiyasidan foydalanishingiz va haqiqiy ona tilida so‘zlashuvchilar bilan gaplashishni mashq qilishingiz mumkin. Darslarni oflayn rejimda yuklab olib o‘rganish mumkin.
03. Simpler (https://play.google.com/store/apps/details?id=ru.zengalt.simpler) – Do you speak English? Agarda javobingiz yo‘q bo‘lsa yoki bilimingizdan shubhalansangiz, Simpler yordamida bu xatoni osongina tuzatishingiz mumkin. Ilova nafaqat ingliz tilini umuman bilmaganlar uchun, balki uni yaxshilashni istaganlar uchun ham foydalidir.
04. Cake (https://play.google.com/store/apps/details?id=me.mycake) – agar ingliz tilidagi so‘zlashuvingizni tezda yaxshilashni istasangiz, Cake sizga yordam beradi. Ilovada muloqotlarni takrorlovchi amaliy darsliklar mavjud. Bundan tashqari, ilova ingliz tilini bilmagan, lekin uni o‘rganishni orzu qiladiganlar uchun mos keladi, chunki YouTube tarmog‘idagi o‘z ona tilida so‘zlashuvchilardan turli xil iboralarni o‘rganish imkoniyati mavjud.
05. Lingualeo (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.lingualeo.android) – ushbu xizmat turli xil vazifalarni o‘z ichiga oladi. Butun jarayon qiziqarli o‘yin ko‘rinishida amalga oshiriladi. Hammasi bo‘lib foydalanuvchiga beshta rejim taqdim etiladi: konstruktor, lug‘at kartalari, djungli, tinglash va tarjima-so‘z.
06. Puzzle English (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.puzzleenglish.main) – ilovasi xuddi shu nomdagi sayt ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan. Manba video boshqotirmalar deb ataladigan videolari bilan mashhur. Ularning barchasi ingliz tilida. Mashg‘ulotni boshlagan foydalanuvchining vazifasi tomosha qilingan videoning mazmunini tushunish va keyin uning mohiyatini taqdim etilgan iboralardan tuzishdir. Bir so‘z bilan aytganda, ilova ingliz tilidagi nutqni eshitish qobiliyatini shakllantiradi.
07. Parla (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.parla.android) – bu yerda zerikarli ma’ruzalar yo‘q, chunki darslar o‘yin tarzida o‘tkaziladi. Asosiysi kichik vazifalarni bajarish va bilimlarni mustahkamlash uchun savollarga javob berishdir.
08. CanTalk: ingliz tili grammatikasi (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.cantalk.ruen.grammar) – tilni noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar va o‘z malaka darajasini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun mos ilova. CanTalk’da nazariy materiallardan tashqari mavzularga bo‘lingan amaliy mashg‘ulotlar ham mavjud.
09. iSpeak (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.cherrypiesoft.ispeak) – til amaliyotiga ega bo‘lmaganlar uchun ajoyib ilova. Agar grammatikani bilsangiz va yaxshi lug‘at boyligiga ega bo‘lsangiz, lekin shu bilan birga suhbat qura olmasligingizni his qilsangiz, iSpeak sizga albatta yoqadi.
10. Метод Тичера от Puzzle English (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.PuzzleEnglish.Teacher) – ushbu ilova ingliz tilini hali yaxshi bilmaganlar uchun juda mos keladi. Ilova 395 ta darsdan tashkil topgan bo‘lib, 10 ming mashqdan iborat. Shuningdek, dastur uch ming video darslar bilan ham maqtana oladi! Agar siz 200 soatlik darslarni o‘zlashtirsangiz, albatta o‘z bilimingizni oshirishingiz yoki ingliz tilini noldan ham o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.
11. Английский для Начинающих: LinDuo HD (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.lin.duo.hd.english) – ilova yangi so‘zlarni o‘rganishga yordam beradi va audioni tinglash evaziga ularni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatadi. Ilova Internetga doimiy ulanishni talab etmaydi, shuning uchun darsni tez boshlash yoki takrorlash kerak bo‘lsa, LinDuo HD’ni osongina ishga tushirish mumkin.
12. Английский А1 Для Начинающих! (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.plus1s.neya) – ilova ingliz tili asoslarini tez o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda ranglar, kiyim-kechak, oila, sevimli mashg‘ulotlar, hayot, kasblar, tana a’zolari, salomatlik va boshqalarni o‘z ichiga olgan juda ko‘p muhim mavzular mavjud. Ilova yordamida nafaqat yangi so‘zlarni yodlaysiz, balki ularni xatosiz talaffuz qilishni ham o‘rganasiz.
📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

Оставьте комментарий