Inson tanasi haqidagi qiziqarli faktlar

DO`STLARGA ULASHING:

Miya
Miya — insonning eng murakkab va eng kam o’rganilgan tana a’zosi. Biz u haqida ko’p tasavvurga ega emasmiz, ammo miya haqida ajoyib faktorlar yetarlicha.
  1. Nerv impulsi 270 km/s tezlikka ega.
  2. Miya ish faoliyati uchun shunday energiya kerakki, hatto uning quvvatidan 10 vattli lampochka yoqish mumkin.
  3. Inson miyasidagi bir hujayra istalgan ensklopediyadan 5 marta ko’p ma’lumot saqlash kuchiga ega.
  4. Qon aylanish sistemasiga kiradigan Kislorodning 20%i miya uchun sarflanar ekan.
  5. Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo’ladi.
  6. Olimlarni aytishlaricha IQ darajasi baland odamlar ko’p tush ko’rarkan.
  7.  Neyronlar(miya hujayralari) insonni butun umri davomida o’sib rivojlanib boradi.
  8. Axborotlar turli neyronlardan turlicha tezlikda tarqaladi.
  9. Miyani o’zi og’riqni his qilmas ekan.
  10. Miyaning 80%i suvdan iborat.
Sochlar va tirnoqlar
Aslida, bu tirik tana a’zolari emas, ammo bu borada ayollarning fikrlari o’zgacha, ya’ni ularning tirnoq va sochlariga qancha pul sarflashlarini hisoblasangiz hayron qolasiz.
11. Yuzdagi tuklar tananing boshqa joydagilarga nisbatan tezroq o’sadi.
12. Kun ora inson o’rtacha 60 – 100 soch tolasi yo’qotadi.
13. Ayol kishining soch diametri erkak kishinikiga nisbatan 2 marta kichikroq.
14. Insonning bir soch tolasi 100 g ga yaqin yukni ko’tara oladi.
15. O’rta barmoqdagi tirnoq boshqa barmoqdagi tirnoqlardan tezroq o’sadi.
16. Shimpanze tanasining 1 sm kvadrat qismidagi tuklar soni inson boshining 1 sm kvadrat qismidagi soch tolalari bilan teng miqdorda ekan.
17. Malla sochli odamlarda boshqa tusdagi sochli odamlarga nisbatan soch tolalar soni ko’proq ekan.
18. Qo’limizdagi tirnoqlar oyoqlardagi tirnoqlarga nisbatan 4 marta tezroq o’sadi.
19. Inson sochining o’rtacha umr davomiyligi 3-7 yil hisoblanadi.
20. Sezilarli kal bo’lish uchun sochlarni yarmini olib tashlash kerak bo’ladi.
21. Inson sochi doimiy yangilanib turadi.
Ichki a’zolar
Biz hech qachon ichki a’zolarimiz bezovta qilmaguncha ular haqida eslamaymiz, lekin ular tufayli biz nafas olamiz, oziqlanamiz, yuramiz va boshqalar.
22. Ichimizdagi eng katta ichki a’zo bu – ingichka ichakdir.
23. Inson yuragi shunday bosim yaratadiki, xatto qon 7 metr balandlikka sochilishi mumkin.
24. Oshqozonda hosil bo’ladigan kislota hatto britva lezviyasini butunlay yemirishga qodir.
25. Inson tanasidagi tomirlarning umumiy uzunligi – 96 kmga yaqin.
26. Oshqozon har 3-4 kun ichida mutloq yangilanadi.
27. O’pkani yoygandagi umumiy yuza tennis maydonining yuzi bilan teng.
28. Ayol kishining yuragi erkak kishining yuragiga nisbatan tezroq uradi.
29. Olimlarning aytishicha jigarning 500dan ortiq funksiyalari mavjud.
30. Aorta tomirning diametri bog’ sug’orishda quviri diametriga teng.
31. Yurak sig’ishi uchun chap o’pka o’ngdagisidan kichikroq.
32. Ichki organlarni ko’p qismini olib tashlab ham uzoq vaqt yashash mumkin.
33. Buyrak osti bezlari inson umri davomida o’z razmerini o’zgartirib boradi.
Tanamizning ajabtovur funksiyalari
Biz ular haqida ko’p gapirishni xohlamaymiz, biroq har kuni ularni kerakligini his qilib turamiz. Mana bizning tanamizga oid eng qiziqarli bir necha faktlar:
34. Chuchkurish tezligi 160 km/soat ekan.
35. Yo’tal tezligi hatto 900 km/soatga yetadi.
36. Ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta ko’proq ko’zini ochib yumadi.
37. To’liq peshob pufakchasi softbol sportining koptogi razmeriga yetadi.
38. Inson hayoti davomida iste’mol qiladigan mahsulotlarning 75%ini suv tashkil etadi.
39. Oyoqlarimizda 500 000ga yaqin ter bezlari mavjud bo’lib, ular hatto kuniga 1 litrgacha ter ishlab chiqarishi mumkin.
40. Inson hayoti davomida shunchalik ko’p so’lak ishlab chiqaradiki, undan ikki basseyn hovuzini to’ldirish mumkin.
41. Inson tanasidan kuniga o’rtacha 14 marotaba gaz chiqaradi.
42. Quloqning ichki tomonidan ishlab chiqariladigan oltingugurt quloq salomatligi uchun foydali.
Jinsiy aloqa va hayotning yaralishi
Jinsiy aloqa – ko’pi taqiqlanishiga qaramasdan, inson hayotining va munosabatlarining muhim qismi. Ehtimol siz bu haqida yetarli ma’lumotga egadirsiz.
43. Har kuni dunyoda 120 mlndan ziyod jinsiy akt sodir bo’ladi.
44. Insonning eng katta xujayrasi moyak qismida joylashgan bo’lib, eng kichigi esa spermatozoiddir.
45. Ayol homiladorligini birinchi 3 oyida tushida qurbaqalar, qurtlar va o’tlarni ko’radi.
46. Tishlar bola dunyoga kelishidan 6 oy avval o’sa boshlaydi.
47. Deyarli barcha bolalar havorang ko’z bilan tug’iladi.
48. Bolalar aslida ho’kiz kabi kuchlidir.
49. 2000 boladan biri tishi bilan tug’iladi.
50 Uch oylik bo’lgunga qadar bolaning barmoq izlari butkul shakllanib bo’ladi.
51. Har bir odam hayotining yarim soatini bitta hujayra ko’rinishida o’tkazadi.
52. Ko’pgina erkaklarda tush ko’rayotgan paytda har soatda yoki bir yarim soatda ereksiya yuz beradi. Chunki miya kechasi kunduzgiga qaraganda faolroq bo’ladi.
 
Sezgi
Biz dunyoni sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilamiz. Mana ular haqida qiziq ma’lumotlar.
53. Tushlikdagi to’yib ovqatlanishdan  so’ng biz yomonroq eshitamiz.
54.  Har uch odamning birida 100 foizli ko’rish qobilyatiga ega.
55. Agar so’lakka nimadir aralashsa biz tam bila olmaymiz.

56. Hid bilish qobilyati erkaklarga nisbatan ayollarda kuchliroq.
57. Burun 50000 ga yaqin hidlarni saqlab qoladi.
58. Ko’z qorachig’i ozgina shovqin tufayli ham kattalashishi mumkin.
59. Har bir insonning o’zgacha isi(hidi) mavjud.

Qarish va o’lim
Biz butun hayotimiz davomida ulg’ayib so’ng qarib boramiz.
60. Inson tanasini yoqqandan so’ng qoladigan kul 4 kg gacha yetishi mumkin.
61. Inson 60 yoshga yetganda tam bilish retseptorlarini yarmini yo’qotadi.
62. Inson ko’zlari butun hayoti davomida bir razmerda, quloq va burunlar doimiy o’sib boradi.
63. 60 yoshga yetganda 60% erkaklar va 40% ayollar hurrak ota boshlaydi.
64. Bolaning bosh qismi tug’ilganda butun uzunligini chorak qismini, 25 yoshga kirganda esa 8 dan bir qismini tashkil etadi.
Kasalliklar va jarohatlar
Tirik jon borki kasal bo’ladi yoki jarohatlanadi. Buning sababi yetarlicha qiziq!
65. Yurak bilan bog’liq ko’p kasalliklar aynan haftaning dushanba kuni yuz beradi.
66. Odamlar yeguliksiz uzoq vaqt yashashi mumkin, ammo uxlamasdan yashay olmaydi.

67. Quyosh nuralarida toblanganingizda kapilyar tomirlaringiz zararlanadi.

68. 90% kasalliklar stress natijasida kelib chiqadi.
69. Insonning boshi uzilgan taqdirda ham 15-20 soniya hushida bo’ladi.
Mushak va suyaklar
Mushak va suyaklar – bu tanamizning ustunlaridir, ular sababli biz harakatlanamiz va xattoki o’tirib tura olamiz.
70. Siz jilmayish uchun 17, qoshlaringizni chimirish uchun esa 43ta mushaklaringizni harakatlantirasiz.
71. Bolalar 300ga yaqin suyak bilan tug’iladi, voyaga yetganlarida esa suyaklar soni 206 tani tashkil etadi.
72. Bo’yimiz kechqurunga qaraganda ertalab 1 santimetr baland bo’ladi.
73. Insonning eng kuchli muskuli bu – tildir.
74. Inson tanasidagi eng og’ir suyak bu — Jag’ suyagidir.
75. Bir qadam tashlash uchun biz 200ga yaqin mushaklarimizni harakatga keltiramiz.
76. Tish- hech qachon qayta tiklanmaydigan yagona tana azosi.
77. Muskullar shishidan ikki marta kam kichrayadi.
78. Bazibir suyaklar po’latdan qattiq.
79. Oyoq kaft suyaklari barcha suyaklarning chorak qismini tashkil etadi.
Hujayra miqyosida
Shunday narsalar borki, ularni qurilmasiz ko’zni o’zi bilan ko’rib bo’lmaydi.
80. Tananing 1 kvadrat santimetr joyida 16000 bakteriya mavjud.
81. Har 27 kun ichida sizning teringiz mutloq yangilanadi.
82. Har daqiqada inson tanasida 3 000 000 ga yaqin hujayra nodub bo’ladi.
83. Har soatda terining 600 000 dan ortiq qismi yo’qoladi.
84. Har kuni sog’lom inson tanasida 300 milliard yangi hujayralar paydo bo’ladi.
85. Tilning izlari o’zgachadir ular bir biriga o’xshamaydi.
86. Inson tanasidagi mavjud temir moddasidan hatto 6 santimetrli miq yasash mumkin.
87. Dunyoda eng ko’p tarqalgan qon gruppasi  bu – I guruhdir.
88. Lablarning qizil bo’lishiga sabab – uning terisi ostida minglab kaplyar tomirlar mavjud.
Turli xil
Yana turli qiziqarli faktlar.
89. Sovuq xonada uxlash inson sog’ligi uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi.
90. Ko’z yoshi tarkibida lizotsim fermenti mavjud bo’lib, u ko’p bakteriyalarni yo’qotishga qodir.
91. Inson tanasining yarim soatdagi sarflaydigan energiya yarim lirt suvni qaynatishga sarflanadigan energiyaga teng.
92. Odamlar qo’rqqanida quloqlar ko’proq oltingugurt ishlab chiqaradi.
93. Siz o’zingizni hech qachon qitiqlay olmaysiz.
94. Qo’laringizni ikki tomonga keng ochkaningizdagi uzunlik bu sizning bo’yingiz uzunligi bilan teng.
95. Inson hissiyotlari sababli ko’z yosh to’kadigan(yig’laydigan)  yagona mavjudot.
96. O’naqay odamlar chapaqay odamlarga nisbatan o’rtacha o’n yil ko’proq umr ko’radi.
97. Ayollar erkaklarga nisbatan kuniga 50 kaloriya kam yog’ sarflaydi.
98. Burun va lablar orasidagi joy nomini – burun tarnovi deb ataladi.
shifo.uz/article/inson-tanasi-haqidagi-qiziqarli-faktlar

Оставьте комментарий